Pisa, pirls, timms. Sat va gmat. Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?


GMAT imtihoni to’rtta alohida bo’limni o’z ichiga oladi va ular quyidagilardan iborat


Download 421.09 Kb.
bet6/6
Sana18.09.2023
Hajmi421.09 Kb.
#1680388
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
video darsga

GMAT imtihoni to’rtta alohida bo’limni o’z ichiga oladi va ular quyidagilardan iborat:
- “Analytical writing assessment” yoki “essay” qismida sizning yozish ko’nikmalaringiz tekshiriladi. Bu bo’lim bitta vazifa - argumentni tahlil qilishdan iborat. 30 daqiqalik matndan iborat AWA boʻlimi imtihon topshiruvchining muayyan yo’nalishga asoslangan, aniq xulosaga ega konstruktiv tanqidiy qobiliyatining qay darajada ekanligini tekshiradi, ya’ni bu qismni baholayotganda sizning argumentni aniqlay olishingiz, fikrlaringizni bayon qila olishingiz va ularni mantiqiy bog’lay olishingiz sinovdan o’tkaziladi. Mazkur bo’lim 0-6 ballik tizimda, yarim(0.5) ballik intervallarda baholanadi.
Integrated reasoning” qismida sizga 4 xil tipdagi, jami 12ta savol beriladi. 30 daqiqa davomida test topshiruvchilardan bir necha manbalardan turli formatdagi ma’lumotlarni analiz va sintez qilishi so’raladi. Bu bo’limda quyidagi 4 xildagi topshiriqlar bo’ladi:
- Grafik, matn va raqamlar ko’rinishida taqdim etilgan ma’lumotlarni sintez qilish(umumiylashtirish);
- Turli manbalardan olingan tegishli ma’lumotlarni baholash;
-Ma’lumotlar o’rtasidagi bog’liqlikni topish va o’zaro bog’liq masalalarni yechish maqsadida ma’lumotlarni mos ravishda tashkil qilish;
- Bir yoki bir nechta manbalardan olingan ma’lumotlarga bog’liq bo’lgan murakkab muammolarni hal qilish uchun ma’lumotlarni birlashtirish va boshqarish;
Integrated Reasoning qismi 1-8 ballik tizimda bir ballik intervallarda baholanadi.
Uchinchi bo’lim sizning boshlang’ich matematik tushunchalar, jumladan arifmetika, raqamlar va ularning xususiyatlari, algebra va geometriya bo’yicha analitik bilimlaringizni sinab ko’rish uchun mo'ljallangan. Bu qismda sizga ikki xil turdagi savollar beriladi
1-qismda sizga bitta savol va 2 xil ma’lumot beriladi, sizning vazifangiz esa berilgan ma’lumotlar savolga javob topish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlash.
2-qismda “Problem solving” klassik ko’rinishdagi test bo’lib, sizga o’rta maktab matematikasi, algebra yoki geometriyaga oid savol va beshta javob varianti beriladi va vazifangiz to’g’ri javobni topish hisoblanadi.
Verbal” qismi sizning standart yozma ingliz tilini bilish, argumentlarni tahlil qilish va o’qish qobiliyatingizni sinab ko'rish uchun mo'ljallangan.”Verbal” bo’limi ham o’z navbatida alohida 3 qismdan iborat: critical reasoning, sentence correction va reading comprehension.
Critical reasoning” 36ta savoldan tahminan 10tasini tashkil qilib, unda argumentlar keltirish va ularni baholash, shuningdek, bajariladigan harakatlar planini shakllantirish bilan bog’liq ko’nikmalar tekshiriladi.
Sentence correction”da tahminan 14ta savol bo’lib, unda sizga murakkab ko’rinishdagi gap beriladi va vazifangiz gapning ma’lum belgilangan qismiga eng mos tushadigan variantni topish hisoblanadi.
Reading comprehension” tahminan 12ta savoldan iborat bo’lib, bu savollar sizning tanqidiy o’qish qobiliyatingizni, aniqrog’i, asosiy g’oyani umumlashtirish, maxsus bayon qilingan va muallif tomonidan nazarda tutilgan fikrlarni farqlash, matndagi ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarish, parchaning mantiqiy tuzilishini tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatingizni tekshiradi.
Umumiy GMAT bali 200-800 oralig’ida hisoblanib, unda sizga ballning asosiy qismini “quantative” va “verbal” bo’limlari olib beradi. AWA va IR umumiy ballda sezilarli rol o’ynamaydi, lekin topshirilayotgan yo’nalishga qarab bu bo’limlardan olingan ballar ham ba’zan alohida inobatga olinadi. Universitetlar reytingiga qarab turli GMAT ballari talab qilinadi. Masalan, top reytingdagi ko’pchilik oliygohlar 700+ GMAT ball talab qilsa, ko’pchilik o’rta reytingdagilar 600+ atrofida talab qiladi.
Download 421.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling