Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash moduli


Download 1.03 Mb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1404162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash

TIRIK SISTEMALARGA OID BILIMLAR:

  • hujayralar (masalan, tuzilishi va funksiyasi, DNK, oʻsimlik va hayvon hujayralari);

  • organizmlarning tuzilishi (masalan, bir va koʻp hujayralilar);

  • odamlar (masalan, salomatlik, oziq-ovqat;

  • ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, koʻpayish kabi organlar sistemasi va ular oʻrtasidagi bogʻliqlik);

  • populatsiyalar (masalan, turlar, evolutsiya, bioxilma-xillik, genetik oʻzgarishlar);

  • ekosistemalar (masalan, oziq zanjiri, modda va energiya almashinuvi);

  • biosfera (masalan, ekosistemalarning faoliyati, barqarorlik).



YER VA FAZOGA OID BILIMLAR:

  • Yer qatlamlarining tuzilishi (masalan, litosfera, atmosfera, gidrosfera);

  • energiya (masalan, resurslar, global iqlim);

  • Yerdagi oʻzgarishlar (masalan, tektonik qatlamlarning siljishi, geokimyoviy sikllar, konstruktiv va destruktiv kuchlar);

  • Yer tarixi (masalan, qazilma boyliklar, paydo boʻlishi va evolutsiyasi);

  • Yerning koinotda joylashishi (masalan, tortishish kuchi, quyosh sistemasi, galaktikalar);

  • koinot koʻlami va uning tarixi (masalan, yorugʻlik yili, Katta portlash nazariyasi). Tabiiy fanlar doirasida fanning mazmuniga oid bilim haqida gap ketganda “fanlar” atamasi oʻrniga “sistemalar” atamasi qoʻllaniladi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad fizika, kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, astronomiya fanlariga oid tushunchalarning mohiyati hamda bu tushunchalar kontekstda qoʻllanilganda ularning oʻzaro bogʻliqligi va bir-birini toʻldirishini anglashdir. Ayrim hollarda ulkan sistemaning bir qismi boʻlib hisoblangan narsalar nisbatan tor doirada yaxlit sistema deb qaralishi mumkin. Misol tariqasida aytadigan boʻlsak, qon aylanish sistemasiga ayrim hollarda yaxlit sistema sifatida qaralsa, aksincha, inson tanasida kechadigan jarayonlarga nisbatan esa yaxlit sistemaning bir qismi sifatida qaraladi;
atomlar molekulalarning tarkibiy qismi deb hisoblanadi, ammo hujayra yoki gazlarga nisbatan yaxlit sistemaning bir qismi sifatida oʻrganiladi.
Shunday qilib, tabiiy fanlardan egallangan bilimlardan foydalanish va tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlikni namoyish etish muayyan holatda shaxsning yaxlit sistema yoki sistemaning bir qismi nazarda tutilayotganiga eʻtibor qaratishini talab etadi.
Quyida keltirilgan jadvalda PISA 2015 tadqiqotida fan (sistema)lar boʻyicha tuzilgan topshiriqlar nisbati keltirilgan.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling