Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash moduli


Sistema Umumiy topshiriqlarning foiz koʻrsatkichi


Download 1.03 Mb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1404162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash

Sistema

Umumiy topshiriqlarning foiz koʻrsatkichi

Fizik sistemalar

36

Tirik sistemalar

36

Yer va fazo sistemalari

28



Metodologik bilim. Olimlar tomonidan ilmiy bilimlarni shakllantirish maqsadida qoʻllaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari haqida bilishga “metodologik bilim” deyiladi. Bu empirik tadqiqotlar asoslanadigan muhim jihat, bu – tajriba oʻtkazishni bilish. Xatoliklar va noaniqliklarni kamaytirish uchun qayta oʻlchash, oʻzgaruvchi kattaliklarni nazorat qilish va maʻlumotlarni uzatish hamda taqdim etishning standart metodlarini bilish shular jumlasidan sanaladi. Bular metodolik bilimlarni tashkil etib, “dalillar konsepsiyasi” deb ham ataladi (Gott, Duggan and Roberts, 2008; Millar et al., 1995).
Metodologik bilim deganda olimlar ishonchli va haqqoniy maʻlumotlarga ega boʻlishlari uchun foydalanadigan metodlar ham tushuniladi. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda muayyan takliflarni qoʻllab-quvvatlashda dalillarni tanqidiy tahlil qilish talab etiladi.
Metodologik bilim quyidagilarni qamrab oladi:

  • oʻlchov konsepsiyasi, masalan, miqdor (oʻlchashlar), sifat (kuzatishlar), shkaladan foydalanish, davomli oʻzgaruvchilar;

  • takroriy va oʻrtachasini aniqlash kabi noaniqliklarni kamaytirish va baholash usullari;

  • takroriylikni taʻminlash mexanizmlari (maʻlum miqdorni qayta oʻlchashlarda ulardagi farqlarning kamligi) hamda oʻlchovlarning aniqligi;

  • maʻlumotlarni jadval, grafik, diagramma yordamida abstraksiyalash va ifodalashning

  • umumiy usullari va ulardan oʻrinli foydalanish.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling