Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash moduli


Download 1.03 Mb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1404162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash

Epistemik bilim. Fanda ilmiy bilimlar shakllanishi uchun zarur boʻlgan muayyan tuzilmalarning ahamiyati hamda asosiy jihatlarini anglash “epistemik bilim” deb ataladi (Duschl, 2007). Bunday bilimga ega boʻlgan shaxslar ilmiy nazariya va gipoteza yoki ilmiy fakt va kuzatish oʻrtasidagi farqni misollar bilan tushuntira oladilar. Epistemik bilim fandagi gʻoyalar, nazariyalar, kuzatishlar, muammolar, dalillarning mohiyatini tushunish, ilmiy tadqiqotlarning turlituman shakllarini tan olish, ishonchli bilimlarni shakllantirishda “mutaxassis bahosi”ning ahamiyatini oʻz ichiga oladi. Soddaroq qilib aytadigan boʻlsak, metodologik bilimlar ilm-fanda yangi bilimlarni kashf etishda nimani qanday qilib tadqiq etishni, epistemic bilimlar esa nima uchun tadqiq etishni anglatadi. Quyida keltirilgan jadvalda PISA 2015 tadqiqotida uch turdagi bilimlarning foiz koʻrsatkichlari t
asvirlangan.
Ilmiy bilish turlari kesimida topshiriqlarning mos ravishda taqsimlanishi



KONTEKSTLAR.
PISA topshiriqlarining oʻziga xos xususiyati shundaki, ularda hayotiy muammoli vaziyatlar aks etadi, bunga kontekst deyiladi. Kontekst matn, jadval, grafik, rasmlarni oʻz ichiga oladi.
PISA–2015 topshiriqlarida muammoli vaziyatlar quyidagi kontekstlarda ifodalangan: salomatlik; tabiiy resurslar; atrof-muhit; xavf-xatar; ilm-fan va texnologiya sohasidagi yangi bilimlar.
Oʻz navbatida, kontekstlar uchta darajada boʻladi: shaxsiy; mahalliy/milliy; global.
PISA–2015 kontekstlari

KOGNITIV DARAJALAR
Topshiriqning kognitiv darajasi – bu topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan aqliy jarayonlar, topshiriqning intellectual jihatdan qiyinligi, yaʻni talab qilinadigan fikrlash jarayonining murakkabligi va topshiriqni bajarish uchun zarur boʻladigan bilim, koʻnikmalar koʻlami. Topshiriqlar quyidagi kognitiv darajalardan biriga ega boʻladi:
quyi daraja (bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalil, atama, qonuniyat va tushunchani yodga olish, jadval yoki grafikdan soʻralgan maʻlumot
ifodalangan nuqtani topish);

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling