Bosim ostida usblab turish
Qolip suyuqlanma bilan to'lgandan keyin u soviy boshlaydi, natijada suyuqlanma zichligi oshadi, hajmi kamayadi, shu tufayli quyish sistemasi orqali qo‘shimcha porsiya suyuqlanma boradi. Bosim qo‘shimcha suyuqlanma tufayli qolipda kerakligicha ushlab turiladi. Bosim ostida ushlab turish litnik kanalidagi suyuqlanma sovib qotgunga qadar davom etadi. Buyum bosim ostida qancha ko‘pushlansa, shakllanish davrida u shuncha kam kirishadi. Demak, kirishish jarayoni litnikning o'lchamiga, suyuqlanmani qolipdagi haroratiga va hamda polimerning issiqlik-fizik xossalariga bog‘liq ekan.Demak, qolipni bosim ostida ushlab turish vaqti bosimning qiymatiga bog‘liq ekan. Agar bosim to ‘g ‘ri aniqlangan bo‘lsa,sovitish natijasida shakllanish bo‘shlig‘ida qoldiq bosim bo‘ladi. (12-rasmga qarang).
Buyumni sovitish- Bu jarayon odatda suyuqlanmani purkash vaqtida boshlanadi, lekin «bosim ostida ushlab turish» vaqti tugagandan so‘ng jarayon «vaqt relesi» orqali belgilanadi. Demak, sovitish vaqtida buyum to‘liq shakllanishi uchun bu zarur tadbirlar qatoriga kiradi. Shundan so‘ng buyum qolipdan olinganda konstruksiyasi to ‘liq ta’m inlanadi, deformatsiyalanishi yo'qoladi.
Sovitish jarayonida, buyum devori qalinligiga qarab, makromolekulalar har xil darajada oriyentatsiyada bo‘ladi hamda bunda qoldiq kuchlanish paydo bo’lishi mumkin.Bu kuchlanish buyumning sifatiga ekspluatatsiya paytida, salbiy ta ’sir etishi mumkin.
Qolipning ochilishi va buyumni chiqarib olish - Sovitish operatsiyasi tamom bo‘lgandan so‘ng qolip ochiladi.Qolip ikki qismdan iborat: harakatlanuvchi va silindrga biriktirilgan qismi. Qolipning harakatlanuvchi qismi buyum bilan chapga siljiydi va maxsus moslama — turtkich yordamida buyum chiqarib olinadi (agar litnik qolgan bo‘lsa buyum bilan birga chiqadi). Ayrim paytlarda. polimer adgeziyasini kamaytirish uchun qolipga maxsus antiadgeziv suyuqlik purkaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |