Plastik massalarini qayta ishlash jihozlari


Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi


Download 1.09 Mb.
bet2/12
Sana29.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1139840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-19 Абдулкасимова Мафтуна

Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi:texnologik jarayonni undagi qaytar va qaytmas yo’qotishlarni oldindan hisoblashni o`rganish vahom-ashyosarf balansini tuzish. Tanlangan asosiy jixoz texnik harakteristikasini,ishlashprinsiplarini o’rganish.
Mening kurs ishimning vazifasi plastmassalarni qayta iShlaShda qo`llaniladigan harxil zamonaviy metodlar bilan tanishtirish va ularni fizik-kimyoviy va texnologikasoslari nimadan iborat ekanligini tushuntirishdir. Mening kurs ishi loyiham Bosim ostida quyish usuli bilan Polietilen dan hojalik buyumi "savat" ishlab chiqarish texnalogiyasi yiliga 30 000 000 d/y ishlab chiqarish, va bu kurs ishimni boshqa fanlardan ham o'z hulosamga yondoshgan holda bajardim.Kurs ishi "Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy texnologiyasida qo`llaniladigan xom aShyo va materiallar","Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy korxona jixozlari va loyiqalaSh asoslari" fanlari bilan chambarchars boqlangandir.
TEXNOLOGIK QISMI. 2. Xom-ashyo tasnifi
Polietilen, politen, polieten [—CH2—CH2—]l — karbozanjirli polimer. Rangsiz, yarim shaffof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga ko'ra 105—130°, zichligi 920– 970kg/m3. Elastikligi va cho'zilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar taʼsiriga chidamli; xlor va ftor taʼsirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar taʼsiriga chidamli; fiziologik jihatdan zararsiz. P. — jahon miqyosida termoplastlar ishlab chiqarishda birinchi o'rinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda (1200—1500 at), o'rtacha bosimda (30—40 at) va past bosimda (1—7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi. Asosiy mahsulot — polietilenni ishlab chiqarish jarayoni — SCLAIRTECH polimerizasiyaning suyuq faza texnologiyasi yordamida, NOVA Chemicals Shimoliy Amerika kompaniyasi litsenziyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi bu — quvurli va avtoklav turdagi reaktorlarning ketma-ket rejimidan foydalangan holda polietilenning fizik-kimyoviy va reologik ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish imkoniyati hisoblanadi. Bu esa bir ishlab chiqarish liniyasida turli turdagi liniyali polietilen ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Olingan polimer erituvchilardan, katalizatorlar qoldiqlaridan butunlay ajratiladi, mavjud bo‘lgan zararli moddalardan tozalanadi va erigan holda, tarkibida uchuvchi birikmalarning eng kam miqdori bilan asosiy ekstruderga tushadi. Barcha zarur bo‘lgan qo‘shimchalar, ularning yaxshi aralashishi va to‘liq bir turdagi bo‘lishini ta’minlash maqsadida suyuq yoki erigan holda qo‘shiladi. Ushbu texnologiya asosida ishlab chiqarilgan polietilen, oziq-ovqatlar va inson tanasi bilan aloqada bo‘ladigan har qanday salomatlik uchun zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida foydalanish mumkin.Nafaqat ichki bozorni sifatli xom ashyo bilan ta'minlash, shuningdek dunyoning bir qancha davlatlariga eskport qilish ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyotiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shish maqsad qilingan. Ishlab chiqarishda faqat yuqori sifatli xom ashyo va materiallar, shu jumladan turli xil texnik va iste’mol xususiyatlariga ega plastik mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkon beradigan turli xil polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol, stirol kopolimerlari va boshqalar), shuningdek mahsulotlarga kerakli ranglar va quvvat xususiyatlarini beradigan qo’shimchalar qo’llaniladi.Sabzavotlar uchun plastik quti juda uzoq xizmat muddatiga ega, uning buzilishi yoki shikastlanishining sababi noto’g’ri ishlov berish, shuningdek foydalanish qoidasiga qilmaslik bo’lishi mumkin.
Materialning moslashuvchanligi tufayli plastmassa turli xil mexanik ta’sirlarga chidamli bo’lib, uni sindirish unchalik oson emas. Polietilen tarkibiga antioksidlovchilarni, masalan aminlarni (0,1% gacha) kiritish, uni eskirishini (qarishi) sekinlatib, polimerni texnik xossalariga sezilarli ta’sir o‘tkazmaydi. Eskirishni oldini polietilen tarkibiga 2-3% qurum (saja) qo‘shish bilan ham olish mumkin. Qayta ishlashdan avval polietilen 3mm kattalikdagi granulalarga aylantiriladi. Granulalash polimerga oson yoyilish, qayta ishlash uchun qulay hajmiy zichlik (0,5 kg/l) ka ega bo‘lishdan tashqari, uni bosim ostida quyish, va ekstruziya usullarida qayta ishlashda bir xil qizdirishga yordam beradi.

Yuqori, o‘'rta, past bosim usulida olinadigan Polietilen xossalari:

Polietilen olishning bir qancha usullari mavjud ;


- Yuqori bosimda
- Past bosimda
- O‘rta bosimda
- SKLERTEK texnologiyasi bo‘yicha
Adabiyotlarda ular quyidagicha belgilanadi (ingliz tilida) LDPE;
HDPE; MDPE va LLDPE



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling