Plastik massalarini qayta ishlash jihozlari


Download 1.09 Mb.
bet5/12
Sana29.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1139840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-19 Абдулкасимова Мафтуна

Uskuna xarakteristikasi.
Bosim ostida quyish usuli bilan ichimlik suvlari uchun preforma ishlab chiqarish uchun aparat. D3328 markali mopslama ishlatiladi 100/25 markasi. Uning ulchamlari uzunligi 2,4 m, eni 0,8 m, balandligi 1,3 m, og’irligi esa 1 650 kgni tashkil etadi.
B
u texnologiya bo‘yicha polimerlanish jarayoni reaktorlarda siklogeksan erituvchi muxitida 17 MPa, 300ºS xaroratda va Sigler -Natta kompleks katalizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki, texnologiya bo‘yicha sintez qilingan polietilen har xil zichlikka va strukturaga ega bo‘ladi. Ushbu texnologiya bo‘yicha chiziqsimon past zichligi (LLDPE) chiziqsimon o‘rta zichlikli (MDPE) va chiziqsimon yuqori zichlikli (HDPE) polietilen turlarini ishlab chiqarish mumkin. Polimerlanish reaksiyasi juda katta tezlikda borishi sababli, reaktorlarni xajmi uncha katta bo‘lishi shart emas, chunki monomerni reaktorda polimerga aylanishi uchun bir necha sekund yetarlidir. Texnologik jarayon aniq bir rejimda ishlaganda 1 minutda 270-290 kg polimer ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya bo‘yicha olinayotgan polimerning zichligini berilayotgan somonomer buten-1 ni miqdorini o‘zgartirish yordamida molekula massasi va molekula massaviy taqsimotini esa polimerlanish reaktorlarga uzatilayotgan vodorodni berilish joylari va miqdorini o‘zgartirish orqali rostlanadi. Xozir biz quyida polietilen olishni turli usullari bilan qisqacha tanishdik.
Ishlab chiqarish xonalari ish hududidagi harorat : nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim. Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sun’iy yorug‘liligi darajasi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yorug‘lik” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.Ishlab chiqarish binolarida SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ish joylari ishlab chiqish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va o‘tirib ishlash uchun GOST 12/5.032-78 “Ishlarni o‘tirib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar” va GOST 12.2.033-78 “Ishlarni tik turib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar”ga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim. Kompozitsiyali materiallarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar materiallar sifatini baholashda aynan o‘xshash usullardan foydalanishlari uchun kompozitsiyali materiallardan mahsulot tayyorlashni shakllantirishda avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish jarayonlari, qat’iy nazorat metodlari va qo‘llaniladigan metodlarni standartlash asosiy ustuvor bo‘lishi lozim.Polimer kompozitsiyali materiallardan buyumlarni olish uchun sexlarning tashkil qilishda, ularni qizdirish natijasida yaxlitlanish, presslash, yoyish va sirtini silliqlash va boshqalar bo‘yicha texnologik uskunalarni ishlab chiqarish turlari bo‘yicha guruhlash maqsadga muvofiqdir.Xom ashyo materiallari ularga qo‘shimcha ishlov berishda ish va tashkilot hududining ifloslanishiga olib kelmasligi lozim.Mashina kameralarida buyumlarga ishlov berish (buyumlarni qizdirish, bo‘yash, yuvish, pardozlashda) vaqtida kameralarning ichida xodimlarning bo‘lishi taqiqlanadi.Kukunsimon materiallardan bo‘shagan qoplarni omborda joylash va presslash ventilatsiyasi bo‘lgan pana joylarda (alohida xonalar, kameralarda) amalga oshirilishi kerak.Elimlarning ishchi qorishmalarini tayyorlash yopiq apparatlarda (aralashtirgich, reaktorlarda) yoki ulardan ifloslangan havoni yo‘qotuvchi pana joylarda amalga oshirish kerak.Polimer buyumlarni yelimlab ulashda zaharliligi kamroq bo‘lgan yelimlar va qorishmalarni ishlatish kerak.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling