Plastik massalarni qayta ishlash jihozlari
Download 388.5 Kb.
|
“LS Mtron” bosim ostida quyish
Intruziya rejimida suyuqlanma asta-sekin qolipga aylanib turgan shnek orqali uzatiladi va qolipni 70-80% to’ldirgunga qadar shnek aylanma xarakatda bo’ladi, qolgan qismi esa shnekni oldinga qarab xarakati natijasida qolipga purkash yo’li bilan uzatiladi.
Injektsiya rejimida esa shnekning aylanishi faqatgina material dozasini yig’ish va uni plastikatsiya qilish mashinasining injeksiya silindrda o’tkaziladi. Suyuqlanmani qolipga uzatish shnekni oldinga qarab xarakatga kelishi xisobiga amalga oshiriladi. Intruziya rejimi yirik gabaritli va qalin devorli buyumlar olishda qo’llaniladi. Injektsiya rejimi intruziyaga nisbatan keng tarqalgan usuldir. Bosim ostida quyish usuli uchun termoplastlar asosan granula xolatida bo’ladi, uning PTR ko’rsatkichi 2-30 g/10 min gacha olinadi. Kam oquvchan 2-7 g/10 min polimerlardan buyum olish mumkin, lekin bu ko’rsatkichga ega bo’lgan termoplastlarga yuqori xarorat berish talab qilinadi, bunda termik destruktsiya yuz berishi mumkin. Bosim ostida quyish jarayoni quyidagi davriy bosqichlardan iborat: xom-ashyoni quyish mashinasi plastikatsiya tsilindriga yuqlash va suyuqlanmani tayyorlash, qolipda jipslashishi va uning suyuqlanma bilan to’lishi, qolipni bosim ostida ushlab turish, qolipning ochilishi va buyumni olishdan iborat. Xom-ashyoni quyish bu jarayon quyish mashinasi ustiga o’rnatilgan bunker orqali amalga oshiriladi. Plastifiqatsiya tsilindrida materialni isitib oquvchan xolatga o’tkaziladi, uni zichlashtiriladi va gomogenlashtiriladi. Gomogenlash deb, massani bir tekisda aralashtirishga aytiladi. Buning natijasida xarorat bir tekis massa bo’ylab taksimlanadi. Bu o’z navbatida zichlikning, qovushqoqlikning bir tekis bo’lishiga olib keladi. Texnologik jarayon uchun isitish ikki manba orqali amalga oshiriladi: tsilindrni tashqaridan moslama orqali isitish va ishqalanish kuchini issiqlikka o’tishi orqali, suyuqlanmaning qovushqoqligini ta’minlash uchun suyuqlanmaning xarorati shunday bo’lishi kerakki, u qolipni to’ldirishi bilan polimer destruktsiyaga uchramasin, odatda suyuqlanmaning kerakli qovushqoqliqdagi xarorati amorf polimer uchun shishalanish xaroratidan 100-150°S yuqori bo’ladi. Kristall polimer uchun yumshatish xarorati bir qancha yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lganda erishiladi. Ma’lumki, xarorat oshishi bilan suyuqlanmaning issiqlikqa turg’unligi qamayadi. Shnek orqali bosim bilan yuborilgan suyuqlanma yopiq soploda me’yorrlash zonasida yig’iladi. Shnekning orqaga qaytish tezligi purkash uzelidagi aks bosim orqali rostlanadi. Aks bosim qancha ko’p bo’lsa, suyuqlanmaning zichligi shuncha ortadi va uning xarorati bir xil bo’ladi. Siljish deformatsiyasi xisobiga aks bosim oshishi bilan me’yorlash zonasida materialning xarorati ortadi. Forma qolipni suyuqlanma bilan to’ldirish jarayoni aniq bir xajmda xomashyo tayyorlangandan va qolip yopilgandan keyin gidrotsilindrda xosil bo’lgan kuch ta’sirida purkash tugunchasida xosil bo’ladi. Purkash tugunchasida xosil bo’lgan kuch ta’sirida shnek oldinga qarab xarakat qiladi, soplo va quyish kanali sistemasi orqali suyuqlanma qolipning ichki yuzasiga uzatiladi, chunki shnekdagi bosim qolipdagi bosimga nisbatan yuqori bo’ladi. Quyish sistemasi kanallar majmuassidan iborat bo’lib, unda polimer suyuqlanmasi forma uyasiga tushadi. Quyish sistemasi xam xar xil bo’ladi va asosiy forma qolip elementlaridan biri xisoblanadi. Quyish sistemasi mashina tsilindrni qolip bilan tutashtirish vazifasini bajaradi va u orqali qolip to’ldiriladi. Purkash jarayonida qolipga borayotgan suyuqlanma xarorati soplo xaroratiga nisbatan yuqori bo’ladi. Bunga qovushqoq oqim energiyasining tarqalishi sabab bo’ladi. Ortiqcha qizish darajasi soplo va quyish kanallari sistemasidagi bosim tafovuti yig’indisiga to’g’ri proportsional va issiqlik sig’imiga va suyuqlanma zichligiga teskari proportsionaldir. Qolip ichida termoplast suyuqlanmaning xarakatlanishi bilan bir paytda qolip devori orqali sovitish boshlanadi, chunki suyuqlanma temperaturasi qolip xaroratiga nisbatan yuqoridir. Natijada qolip devori atrofidan aniq bir qalinliqda kanal xosi bo’ladi. Suyuqlanma oqish yo’lida to’sqinliqlar bo’lsa oqim ayrim oqimlarga bo’linadi va bu oqimlar birlashganda tutash choklar xosil bo’ladi. Bosim ostida quyishda fizik-kimyoviy asoslar ekstruziya usuliga yaqindir. Bu yerda ko’p o’xshashliqlar bor, lekin tubdan farq qiladigan tomoni shakllash jarayoni juda tez qechadi. Shuning uchun suyuqlanma qolipga juda katta tezlik bilan yuboriladi va qolipda maqromolekula oriyentatsiyasi sodir bo’ladi, unda qo’shimcha xarorat paydo bo’ladi. Shuning uchun tayyor buyumning xajmi va zichligi bosim ostida ushlab turish momenti tugallanishiga qarab qolipning ichki bo’shlig’idagi o’rtacha xarorati va bosimi bilan aniqlanadi. Bosim ostida quyish usulining texnologik paraqmetrlariga amal qilingan xolda olingan buyumning xossasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan belgilanadi: zichligi, ichki kuchlanishlar miqdori, material struturasi amorf yoki kristall, shuningdeq, eqspluatatsiya yoki saqlash davomida buyum o’lchovlarining o’zgarishi va boshqalar kiradi. Yana shuni aytib o’tish kerakqi, buyum xossasiga quyish jarayonida sodir bo’ladigan destruktsiya yoki choklanish reaktsiyalari xam ta’sir etadi. Bosim ostida quyish usuli bilan buyum olishning texnologik sxemasi quyidagi: xom-ashyoning kelishi, uni saqlash, qoplardan bo’shatish, tsex omboriga tushirish, xom-ashyoni tayyorlash, buyumni shakllash, buyumga mexanik ishlov berish, buyumni sifatini teqshirish va yashiklarga joylishtirish kabi operatsiyalardan iborat. Bosim ostida quyish yuqori ish unumli maxsus avto matik va yarim avtomatik quyish mashinalarida — termoplast avtomatlarda amalga oshiriladi. Avvallari quyish mashinalari porshenli konstruktsiyada chiqarilar edi. Ular konstruktsiyasi yetarli darajada takomillashmagani uchun materialni qizdirish, oquvchan holatga keltirish va bir jinsli suyuqlanma (rasplav) holiga o’tkazishda ayrim noqulayliklar sezilardi. Bu o’z navbatida mashinaning ish unumiga va buyumning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmasdi. Hozir plastmassalarni qayta ishlash zavodlarida.quyish mashinalarining shnek (chervyak)li turlari keng tarqalgan bo’lib, ularda chervyak faqat materialning plastiklanishi uchun emas, balki uni siqib chiqarish (injektsiya) uchun ham xizmat qiladi. Shnekli quyish mashinalarida suyuqlanma shnek aylanishdan to’xtagan vaqtda siqib chiqariladi (bunda shnek porshenь vazifasi sini o’taydi) va shundan keyin shnek yana aylana boshlaydi. Shnek aylanayotgan vaqtda material plastiklanadi. Avtomatik ravishda ishlaydigan shnekli quyish mashinalarida bosim ostida quyish protsessi amalga oshiriladi. Download 388.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling