Plastik massalarni qayta ishlash jihozlari
Download 388.5 Kb.
|
“LS Mtron” bosim ostida quyish
TEXNIKA XAVFSIZLIGI
Bosim ostida quyish mashinasining oldida turgan ishchining eng asosiy vazifalariga: qolipni artish va moylash, issiq soploni tozalash nazorati, sistemadagi shlanganlarini ulanish joylarini yaxshi va mustaxkamligini tekshirish. Himoyalovchi chegaralarni tekshirish kiradi. Yarim formalarni orasiga ishchi qo’lini tushib qolishi va ularni kuyib qolishi eng katta xavflilardan biridir. Shu sababli ishchi eshiklari butunlay ochiq bo’lganida qolipni artib, maydalashi kerak va mundshtukni (soploni) tozalayotganida isitgichlarni o’chirilgan holda tozalanadi. Har qanday sharoitda mashinani yoqilgan holatida ochilib yopilish va buyumni olinadigan zonasiga qo’lni ichki qismga kiritib, tozalab bo’lmaydi. Buyum qolibda tiqilib qolganda mashinani albatta o’chirib, faqat shunda buyumni qolibdan ilgak orqali tortib olish kerak bo’ladi. Bosim ostida quyish mashinasini avtomatik ravishda ishlayotganda qolipga quyilgan buyumni ushlanib qolishi mumkin bo’lgan holda mashinani darxol o’chirish shart. Silindr va soploni qizdirilayotgan vaqtda ochiq alanga bilan foydalanish mumkin emas. Naladchik (jihozni to’g’rilovchi ishchi) qoliplarni yechib olib va ularni tuzatadi. Bu ishlarni bajarilayotgan vaqtda eng xavflisi shundaki: qoliplarni tushib ketishi va ularni ajralib ketishidadir. Shu sababli naladchik uskunalarni to’g’riligini tekshirib olishi shart. Ishni butunlay xavfsizligini ta’minlash uchun, bosim ostida quyish mashinasini blokli uskunalari bilan ta’mirlaniladi va mashina atrofini ehtiyotkorlik yozuvlari bilan osib chiqiladi. Bosim ostida polimer materiallari qayta ishlanayotganida, ayniqsa ish tartibi buzulganda xom-ashyoni (destruktsiyasi) ajralishi vaqtida uchuvchan o’tkir xidli zaxarli gazlar ajralib chiqadi va ular portlashga moyil bo’ladi. Uchastkani mexnat faoliyatini yaxshilash maqsadida chang va gaz kontsentratsiyasini oshib ketish va issiqlikdan ajralayotgan nurlanishni yo’qotish maqsadida havoni tortish ventilyatsiyasi orqali erishiladi. Mexnat faoliyatini yanada oshirish maqsadida termoplastavtomat uskunalarida degazatsion qurilmalari sistemani nazorat qilib, ulardagi gazlardan tozalaydi. Download 388.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling