Plastikakl kim?


Download 0.58 Mb.
Sana11.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1259887
Bog'liq
Kassirlar uchun yo\'riqnoma Plastikakl kim aksiyasi





Plastikakl kim?” SMART AKSIYASI BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Atamalar va ularning ta’riflari

  • Fishka – “Plastikakl kim?” aksiyasi ishtirokchilariga kassada beriladigan stiker.

  • Buklet – “Plastikakl kim?” aksiyasi ishtirokchilariga kassada beriladigan, keyinchalik aksiya doirasidagi tovar (kitob)ga chegirma olishda foydalaniladigan reklama materiali.

  • Virtual fishka – “Plastikakl kim?” askiyasining Korzinka mobil ilovasida Korzinka kartasidan foydalangan ishtirokchilariga taqdim etiladigan fishka.

  • Virtual buklet – “Plastikakl kim?” aksiyasi ishtirokchilariga Korzinka mobil ilovasida 5 dona virtual fishka to‘plaganlik uchun taqdim etiladigan QR-kod.

  1. Kassada fishkalar taqdim etilishi. Mijoz xarid chekidagi summa 100 ming so‘m va undan yuqori bo‘lsa, avval kassada “ВОЗМОЖНАЯ АКЦИЯ” to‘g‘risida xabar paydo bo‘ladi. Kassir mijoz xarid chekidagi har 100 ming so‘m uchun bir donadan fishka taqdim etishi va nechta fishka berilayotgan bo‘lsa, shuncha fishka tugmasi/barkodini urishi kerak. Agar mijoz Korzinka mobil ilovasidagi Korzinka kartasini taqdim etsa, unga jismoniy fishkalar taqdim etilmaydi (ammo kassada fishkalarning zaruriy soni urilishi kerak, aks holda Smart aksiya ishga tushmaydi va fishkalar mijoz hisobiga o‘tkazilmaydi). Ushbu fishkalar ilovaning o‘zida to‘planib boradi (mijozga ilovadan foydalanishning afzalligi – har bir aksiya cheki doirasida 1 donadan qo‘shimcha fishka taqdim etilishini tushuntirish kerak)


Masalan, mijoz xarid cheki summasi 450 ming so‘m bo‘lsa, kassir mijozga 4 dona fishka taqdim etishi va kassada 4 marta fishka barkodini urishi kerak. (agar mijoz mobil ilovadan foydalangan bo‘lsa, unga ilovada 5 dona fishka taqdim etiladi, ya’ni 4ta fishka chekdagi summa uchun + 1ta qo‘shimcha fishka ilovadan foydalanganlik uchun).






Agar kassir fishka barkodini urmasa yoki kam sonli fishka ursa, kassada zaruriy miqdordagi fishkalar taqdim etilishi kerakligi haqida eslatma paydo bo‘ladi.

Agar mijoz fishka olishni rad etsa, ular kassada urilmaydi, chek standart holda ishlanadi.


Muhim!
Mijozga jismoniy fishka taqdim etilayotganda uni kassada urgandek, mijoz mobil ilovadan foydalanganda taqdim etiladigan virtual fishkalarni kassada urish shart. Aks holda Smart aksiya ishga tushmaydi va mijozga ilovada fishka hisoblanmaydi.


  1. Hamkorlar tovarlari xarid qilinganda kassada qo‘shimcha fishka taqdim etilishi.

Chekda “365 kun”, “Из Корзинки” O‘SB tovari/tovarlari mavjud bo‘lsa, kassada avval “Купи товар спонсор и получи фишку” haqida xabar chiqadi va chek so‘ngida mijozga ushbu chek bo‘yicha taqdim etilishi lozim bo‘lgan fishkalar soni ko‘rsatiladi.

Masalan, agar mijoz xarid cheki summasi 150 ming so‘m bo‘lib, chekda 3 dona “365 kun”, “Из Корзинки” mahsulotlari urilgan bo‘lsa, kassir mijozga 4 dona fishka taqdim etishi va kassada fishka barkodini 4 marta urishi kerak bo‘ladi (agar mijoz mobil ilovadan foydalangan bo‘lsa, unga ilovada 5 dona fishka taqdim etiladi, ya’ni 3ta fishka hamkor tovari uchun +1ta fishka chekdagi summa uchun, + 1ta qo‘shimcha fishka ilovadan foydalanganlik uchun).




  1. Kassada kitobga chegirmani urish.

Kitobga chegirma olish uchun mijoz 5ta fishka yopishtirilgan jismoniy buklet yoki Korzinka mobil ilovasida QR-kod ko‘rinishidagi virtual buklet taqdim etishi lozim. Kassir kassada kitob barkodini urishi kerak, shundan so‘ng ekranda “ВОЗМОЖНАЯ АКЦИЯ” haqida xabar chiqadi.

So‘ng kassir kassada buklet barkodini yoki ilovadagi QR-kodni urishi kerak, shundan so‘ng kassa kitob narxi uchun 70 ming so‘mli chegirma taqdim etadi. 5ta fishkali bitta jismoniy buklet yoki ilovadagi bitta virtual buklet (QR-kod) 1 dona kitob uchun chegirma beradi.




Jismoniy buklet orqali chegirma taqdim etilgandan so‘ng kassir mijozdan ushbu bukletni qabul qilib olishi va do‘kon menejeriga topshirishi shart.

Muhim!
Chegirma olish uchun ilovada taqdim etiladigan virtual buklet (QR-kod) kassada jismoniy buklet barkodi uriladigan tartibda uriladi, ya’ni oddiy tovar urilgandek, Korzinka karta urilgandek emas.

Mijozda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, unga 78 140 1414 raqami orqali call-markazga murojaat qilishini tavsiya qiling.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling