а
b
19-rasm.
Rotatsion shakllash operatsiyalari:
a — qolipni xomashyo bilan to‘ldirish; b — buyumni shakllash; d —bu-yumni
sovitish; e — buyumni qolipdan chiqarib olish.
Rotatsion shakllash usuli bilan ichi bo‘sh buyum olish (19-
rasm), boshqa usullarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
— katta o ‘lchamli
buyumlar olish mumkin;
— buyum qalinligi deyarli bir xil;
—
chiqindi deyarli chiqmaydi;
— buyumda qoldiq kuchlanish beradi;
— moslama va uskuna narxi arzon;
— iqtisodiy samaradorligi yuqori.
Bu usulning k a m c h i l i k l a r i quyidagilardan iborat:
—
shakllash vaqti uzoq;
— buyum materialining zichligi kam;
— buyum o ‘lchamlari to ‘la aniq emas.
Bu usul bilan buyum olish uchun quyidagi termoplastlar (pasta
holida):
polivinilxlorid, past va yuqori zichlikka ega bo'lgan polietilen
va ularning aralashmasi; uglerod kukuni bilan to ‘ldirilgan polietilen,
poliamidlar ishlatiladi.
Olinadigan buyumlarning eng katta hajmi 500 /,
devorining
qalinligi 16 mm gacha bo'lishi mumkin.
10.12. Puflash orqali shakllash
Termoplastlardan ekstruziyafash (yoki bosim ostida quyish)
orqali «yeng»
qolipda zagotovka olib, uni puflash orqali ichi bo‘sh
buyum olish —
puflab shakllash
deb ataladi (20-rasm).
Bu usul ikki xil bo‘lishi mumkin:
1.
Quvur-qolipdagi zagotovkani ekstruder yordamida olib, unga
siqilgan havoni puflash.
74