Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)
yuklash zonasi
siqish zonasi dozalash zonasi u n dan tashqari silindr ichida gidrostatik bosim paydo qilishdan iborat. Bosim polim er oqishi va uning kallak orqali shaklga aylanishi uchun xizmat qiladi. Isitiladigan silindr, chervyak singari, shartli ravishda uch zonaga bo‘linadi (4-rasm). 1-zona — granulaning silindrga tushishi hamda uni oldinga siljishi va zichlashish zonasi. 2-zona — siqish zonasi, bu zonada polim er sekin-asta issiqlik ta ’sirida yumshaydi va plastiklanadi. Jarayon berilayotgan issiqlik va materialning ichki ishqalanishi natijasida. hosil b o ‘ladigan issiqlik tufayli amalga oshadi. P o lim erlar suyuqlanganda hajm i kam ayadi, shu tufayli bu zo n ad a chervyak kan alinin g chuqurligi kam ayib b o rish i reja- lashtirilgan. Oxirgi 3-zona — m e’yorlash deb ataladi. Bunda butun chervyak- vint kanali b o ‘ylab suyuqlangan polim er b o ‘ladi va bu suyuqlanma qolipga siqib chiqarib beriladi. 1-zona uzunligi, odatda, silindrga granula tushayotgan joydan boshlab to granulaning suyuqlangan qatlam i silindr devorida yoki shnekda hosil bo‘lgunicha uzunlik qabul qilingan. 2-zona — suyuqlanish zonasi bo‘lib, suyuqlanish boshlangan- dan granula to ‘liq suyuqlangan holatga kelguncha b o ‘lgan shnek masofasi qabul qilingan. 3-zona — m e’yorlash, bu zonada granula to ‘liq suyuqlangan, harorat bir tekis taqsimlangan va suyuq polim er bir xil xossaga ega bo'lishi ta ’m inlangan zonadir; suyuqlanma siqib chiqarishga tayyor. 3 — T. Abdurashidov 33 Chervyakning vint kanalida (3-zona) to ‘rt oqim ini knzatish mumkin: 1. T o‘g‘ri, majburiy oqim bu kallak tom on yo‘nalgan bo‘ladi. 2. Teskari oqim — to ‘g‘ri oqim ning kamayishi; bunga sabab kallakning va silindr devorining qarshiligidir. 3. Sirkulatsion oqim — vintli kanal o ‘qiga perpendikular ravishda yo‘nalgan oqim. 4. «Utechka» oqimi — chervyak va silindrning ichki sathidan hosil bo‘lgan oraliqda sodir bo‘ladi va u granula tushayotgan bunker tom on yo‘nalgan bo‘ladi. Ekstrudem ing unum dorligi to ‘g ‘ri va teskari oqim dan kelib chiqadi. Sirkulatsion oqim odatda ekstruder unumdorligiga deyarli ta ’sir etmaydi. «Utechka» oqimi qiymati juda kam bo‘lgani uchun u hisobga olinmaydi. Chervyak zonalarining uzunligi va ulam ing bir-biriga nisbati qayta ishlanayotgan polim er xossasiga ham da uning tuzilishiga bogMiq. M asalan, am orf term oplastlar qayta ishlanayotganda (ular keng diapazonli h aro ratd a suyuqlanadi) chervyakning siqish zonasi uzunroq bo‘lishi kerak. Kristall polim er uchun aksincha, siqish zonasi qisqaroq bo'Iadi (odatda zona uzunligi silindrning diametriga teng b o ‘ladi). T erm ik tu rg ‘u n b o ‘lm agan te rm o p la s tla rn i (PV X ) q ay ta ishlashda jaray on siqish zonasisiz olib boriladi. Buning u ch u n maxsus chervyaklar qo'llaniladi, ularda kanal chuqurligi kamayib boradi. N atijada PVXning parchalanishi keskin kamaytiriladi. Yana sh u n i e ’tib org a olish kerakki, siqish zo n asid a issiqlik ajralib chiqadi. Silindr ichida materialning oqishiga ishqalanish koeffitsiyenti katta ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun chervyak yuzasi bilan material orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti silindr yuzasi bilan m aterial orasidagi ishqalanish koeffitsiyentidan kam bo‘lishi kerak. Agarda bunga rioya qilinmasa, suyuqlangan polimer chervyak bilan aylanib ketadi va oldinga siljish bo‘lmaydi. Chervyakka bo‘lgan ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish uchun chervyak ichidan (o‘qi orqali) sovuq suv yuboriladi (5-rasm). Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling