Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


Sochiluvchan va suyuq Icomponentlarni aralashtirish usuli


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

12


Sochiluvchan va suyuq Icomponentlarni aralashtirish usuli 
ko‘pincha plastifikatorlarni, erituvchilarni, rang beruvchi m odda- 
larni aralashtirishda qo‘llaniladi. Tayyorlangan kompozitsiya pasta 
holatida b o ‘ladi. Bu jarayon, aralashtirilayotgan massa uskunaning 
devoriga yopishib qolmasligi uch un , m axsus aralashtirgichlarda 
amalga oshiriladi.
Polimerlami oquvchan holatda aralashtirish usulida bir tekisda 
aralashtirish sodir bo‘ladi, chu nk i aralashtirish p olim erlarn in g
oquvchanlik haroratidan sal yuqoriroq haroratlarda olib boriladi. Bu 
jarayon valslarda amalga oshiriladi. Gomogenlashga erishish uchun 
massani bir necha m arta valslar oralig‘idan o ‘tkazish kerak. Valslar 
oralig‘ini o ‘zgartirish m um kin. Bu yerda valslarning bir-biriga 
nisbatan tezligiga (friksiya) ham e’tibor berish kerak.
2.2. Polimer kompozitsiyasini granula holatiga aylantirish
Granulalash — polim erni sochiluvchan donador m ahsulotga 
aylantirishdir. Granulalash sochilgan holatdagi zichlikning qiymatini 
oshirib beradi: material granulalari deyarli bir xil o'lcham ga ega (3—
5 m m ). Sochilgan holatdagi hajmiy og‘irlikning ortishi granuladan 
buyum tayyorlovchi agregatning ishlab chiqarish unum dorligini 
oshiradi.
G ranulalash jarayoni quyidagilardan iborat: kukun holatidagi 
polim er yoki PK M silindrga solinadi, m a’lum harorat ta ’siri ostida 
material oquvchan holatga o ‘tadi, shnek yordamida massa shakllovchi 
kallak orqali o4ib tasm a yoki sim shakiida uzluksiz siqib chiqariladi, 
sovitilib kesib granulaga aylantiriladi. Bunday agregatlar granulator 
deb yuritiladi.
2.3. Tabletka olish
Term oreaktiv kom pozitsion materiallar ko‘pincha sochiluvchan 
holatda bo'ladi. U lardan bu holatda foydalanish ancha noqulay. 
Shuning uchu n ular oldindan zichlab tabletka holiga keltiriladi. Bu 
jarayon ftoroplastlar uchun ham qo‘llaniladi.
Tabletkalash maxsus gidravlik (avtomatlashtirilgan) presslarda 
bajariladi. X ona h aroratid a press-kukunlar m a’lum o ‘lcham va 
shakldagi, havodan ozod b o ‘lgan, jipslashgan massaga aylanadi.
1 3


Tolasimon press materiallardan shnekli agregat orqali m a’lum (arqon) 
shaklga ega bo‘lgan tabletka olish mumkin.
Tabletkalash press-kukunlarning sochilib isrof bo‘lishini ka- 
m aytiradi. T abletkalar tezro q isiydi, issiqlikning atrof-m uhitga 
tarqalishi kamayadi va o ‘lchab berish osonlashadi. Natijada presslash 
usuli bilan olingan buyumni olish davri qisqaradi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling