Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

15


3-BOB. PLASTMASSALARNING TEXNOLOGIK
XOSSALARI
Polimer va ular asosida tayyorlangan materiallami qayta ishlash 
usullari va texnologik jarayonlarining param etrlarini belgilashda 
m aterialning texnologik xossalari hisobga olinishi lozim , ular 
quyidagilardan iborat: oquvchanlik, namlik, qotish vaqti, disperslik
kirishish, tabletkalanish, hajmning xarakteristikalari va boshqalar.
Texnologik xarakteristikalar o ‘lchamiga qarab qayta ishlashning 
yangi usullarini, texnologik jihozlam i ishlab chiqish mumkin.
Solishtirma hajmni aniqlash. Material egallagan hajmning uning 
massasiga nisbati solishtirm a hajm deb ataladi. Bu ko‘rsatkich 
kukunsimon m ateriallar uchun xosdir. Uning o ‘lchov birligi sm3/g
bilan ifodalanadi:
m
bu yerda: m — 200 ml hajmdagi kukunsimon moddaning massasi, g; 
200 — maxsus silindrning hajmi.
Materialning solishtirma hajmi qanchalik kichik bo‘lsa, uni qayta 
ishlash shuncha qulay b o ‘ladi (havo m iqdori kam b o ‘lib, sifatli 
buyum olish uchun qulay sharoit yaratadi).
Hajm massasitti aniqlash. Hajm birligiga to ‘g‘ri kelgan massa 
hajm massasi deb ataladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pik va ko'pik-plastlar 
uchun aniqlanadi. Hajm massasi quyidagi formula yordamida topiladi:
bu yerda: 
m — nam una massasi, g; V — nam una hajmi (chiziqli 
o'lcham lari orqali topiladi).
Polimer materiallarning disperslik darajasi va bir jinsliligini 
aniqlash. P olim er m ateriallarning granulom etrik tarkibi, y a’ni 
disperslik darajasi turli o ‘lchamdagi zarrachalarning mavjudligi bilan 
xarakterlanadi. Disperslik darajasi % bilan ifodalanadi va u sinash 
uch u n olingan m aterialda m a ’lum o ‘lcham dagi zarrachalardan 
qancha borligini ko‘rsatadi. Material dispersligi qancha kam bo‘lsa, u 
shunchalik bir jinsli hisoblanadi va uni qayta ishlab buyum ga 
aylantirish ham shuncha oson bo‘ladi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling