Pnevmatik yuritmalari, ularning sxemalari va elementlari


Ikki tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindrlarda


Download 494.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.05.2023
Hajmi494.44 Kb.
#1433887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza

Ikki tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindrlarda foydali ish 
porshenning ham to`g’ri ham teskari yurishida amalga oshiriladi. 
Bunday pnevmoyuritmalar ikki tomonlama chiziqli harakatlanishda kuch 
ishlatish kerak bo`lgan holatlarda qo`llaniladi, masalan, jihozlarning ishchi 
organlarini harakatlantirish, ko`tarish va tushirish hamda boshqa ishlab chiqarish 
texnologik operatsiyalarida qo`llaniladi.
Bunday pnevmotsilindrlarning yuqorida ko`rib chiqqanimizdan farqi 
shundaki, porshenning to`g’ri va teskari harakati tsilindr korpusining ikkita 
qismiga: porshen va shtok bo`shlig’ida navbatma-navbat qisilgan havo berish yo`li 
bilan amalga oshiriladi (9.19-rasm).
 
9.19-rasm. Ikki tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindr sxemasi
Bu yerda shtokning ikki tomonga harakati ham yuklama ostida bajariladi. 
SHtokning teskari harakatida ham u ortiqcha bosim ta`sirida bo`ladi, bu shtok 
bo`shlig’ida ham zichlagichlar ishlatishni talab etadi. 
9.20-rasm. Ikki tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindr 
Pnevmotsilindrlarning konstruktiv bajarilishi ularning tipo`lchamlari va 
qo`llash maqsadiga qarab har xil bo`ladi. Porshen diametri 25 mm gacha (bazida 63 
mm gacha) bo`lgan pnevmotsilindarlar gilzalari qopqoqlariga zavaltsovkalangan 
bo`ladi (9.21-rasm, a). Bunday mahkamlashning kamchiligi – pnevmotsilindrlarni 


ta`minlash mumkin emasligi. Porshen diametri 32 mm dan katta bo`lsa asosiy 
mahkamlash usuli bu qopqoqlar va gilzani shpilkalar bilan mahkamlashdir (9.21-
rasm, b). Yana bir usul qopqoqlarni gilzaga o`rnatilgan boltlar yordamida 
mahkamlashdir (9.22-rasm, s). 
9.21-rasm. Pnevmotsilindrlar qopqoqlarini mahkamlash usullari 
Ko`p 
pozitsiyali 
pnevmotsilindrlar. 
Yuqorida 
ko`rib 
chiqqan 
pnevmotsilindrlar shtokning 2 ta pozitsiyasini ta`minlay oladi: shtok korpusdan 
chiqqan, shtok korpus ichida. Agar shtokni har xil pozitsiyalarida to`xtatish kerak 
bo`lsa har xil pnevmatik mexanizmlar ishlatiladi. Ularning tuzilish strukturasi, 
pozitsiyalash aniqligi har xil bo`ladi.
Shtokni fiksatsiyalash pnevmotsilindrini ko`rib chiqamiz. 


9.22-rasm. Shtokni fiksatsiyalash pnevmotsilindri 
Yuqoridagi rasmda shtok 6 korpus ichida o`rnatilgan prujina 1 ta`sirida 
harakatlanadigan tormoz bashmaki 4 yordamida to`xtatiladi. Fiksator bo`shlig’i 5 
ga qisilgan havo berilganda shtok 6 blokirovkadan chiqariladi. Bunda porshen 2 
prujina 1 ni qisadi va shtokni to`xtatib turgan tormoz bashmagi 4 ni bosib o`tirgan 
konstruktsiya 3 elementlarini ochadi.

Download 494.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling