Pnevmatik yuritmalari, ularning sxemalari va elementlari
Download 494.44 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Porshenli pnevmatik yuritmalar.
- 9.17-rasm. Bir tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindr sxemasi (qizil rang bilan prujina ko`rsatilgan)
9.16-rasm. Plastinali aylantiruvchi pnevmodvigatel 9.14-rasm. 3D- formatdagi pnevmatik porshenli tsilindr qirqimi 9.15-rasm. Dinamik pnevmomotor sxemasi 1- stupitsa; 2- kurak; 3- pnevmomotor kuraklari bo’lgan aylana; 4-soplo 1-plastina; 2-chiqish vali; 3-tsilindrik ichki yuza; 4- korpus; 5-cheklovki Ular konstruktsiyasiga asosan porshenli, memyuranali va silfonlilarga bo`linadi. Ular ichida porshenlilari ko`p tarqalgan – pnevmotsilindrlar. Ishchi organining harakat turiga asosan – aylanuvchi va ilgarilanma harakatlanuvchilarga bo`linadi. Ikkinchisi ko`proq tarqalgan. Ishlash aniqligiga qarab ikki pozitsiyali va ko`p pozitsiyalilarga bo`linadi. Oxirgi konstruktsiyalarga pozitsionerlar ishlatiladi. Porshenli pnevmatik yuritmalar. Ular katta diapazonda asosiy parametrlarga ega: porshen diametri: 2,5 - 320,0 mm; ishchi yurish o`lchami: 1 - 2000 mm; hosil qiladigan kuchi: 2 - 50 000 N; chiqish zvenosining harakat tezligi: 0,02 - 1,50 m/s. Funktsional imkoniyatlariga asosan ular bir tomonlama amal qiladigan va ikki tomonlama harakat qiladigan pnevmotsilindrlarga bo`linadi: Bir tomonlama amal qiladigan pnevmotsilindrlarda qisilgan havo ishchi organning bir tomonlama harakatlanishi uchun beriladi, teskari harakat tsilindr ichida o`rnatilgan va porshenga mahkamlangan prujina bikrligi hisobidan amalga oshiriladi. 9.17-rasm. Bir tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindr sxemasi (qizil rang bilan prujina ko`rsatilgan) Bunday pnevmotsilindrlar (9.18-rasm) asosan himoyalash armaturalarida (yopuvchi klapanlarda) va vitalkivatellarda, qisish qurilmalarida (zajimnie ustroystva) ishlatiladi. 9.18-rasm. Bir tomonlama amal qiluvchi pnevmoyuritma TSilindrik korpus 5 ikki tomondan qopqoqlar 1 va 8 bilan yopilgan. Orqa qopqoq 1 da havo beruvchi teshik, oldingi qopqoq 8 da filtrelement 7 o`rnatilgan dekompressiyalash teshik joylashgan. Porshen 2 korpus bo`shlig’ini ikki qismga bo`ladi: shtok va porshen qismlariga. Shtok 4 porshen bilan mahkam bog’langan. Bo`shliqlar zichlagich (manjet) 3 bilan zichlangan. Oldingi qopqoq 8 da tashqi ob`ektga kuchni yetkazayotgan shtok uchun sirpanish tayanchi bo`lib xizmat qiladigan vtulka 9 joylashgan. Qaytaruvchi prujina 6 porshenga mahkamlangan bo`lib, shtok sirti bo`ylab o`ralgan. Pnevmotsilindrning ishchi yurishi porshen bo`shlig’iga qisilgan havo berilganda amalga oshiriladi; porshenning teskari harakati qisilgan prujinaning bikrligi hisobiga bajariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling