Pnevmatik yuritmalari, ularning sxemalari va elementlari


Download 494.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.05.2023
Hajmi494.44 Kb.
#1433887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza

Aylantiruvchi 
pnevmodvigatellar. 
Texnologik 
jihozlarda 
chiqish 
zvenolarini 0 dan 360°gacha burchakka aylanishi talab etiladi. Buni amalga oshirish 
uchun shiberli-plastinali pnevmodvigatellar ishlatiladi.  
 
9.23-rasm. Reykali-tishli uzatmali aylanuvchi ikki tomonlama amal qiluvchi 
pnevmoyuritma sxemasi 
9.24-rasm. Reykali-tishli uzatmali aylanuvchi pnevmoyuritma 


Reykali-tishli uzatmali aylanuvchi pnevmoyuritma (9.24-rasm) “Shesternya-
reyka” uzatmasi bazasida ishlab chiqilgan. Shesternya 3 chiquvchi val 4 da 
o`rnatiladi. Shesternya shtok-reyka 2 bilan ilashadi. Shtok-reyka ikki tarafidan ikkita 
bir tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindr porshenlari bilan mahkam bog’langan. 
Qisilgan havo pnevmotsilinlar bittasining ishchi bo`shlig’iga berilganda 
porshen shtok-reyka bilan birga to`g’ri chiziqli harakat qiladi. Bu harakat reyka-
sherternyali uzatma yordamida valning aylanma harakatiga aylanadi (valning bitta 
aylanishi chegarasida). Val esa kerakli burchakka aylanuvchi tashqi ob`ekt (m.: 
sanoat robotining ishchi qurilmasi) bilan bog’langan. Ikkinchi pnevmotsilindir 
bo`shlig’iga qisilgan havo berilganda teskari harakat bajariladi.
Bunday pnevmodvigatellar hosil qiladigan aylantiruvchi moment odatda150 
N·m ni tashkil qiladi (porshen diametri 100 mm da). 
9.25-rasm. Plastinali (shiberli) aylanuvchi pnevmodvigatel. 
Plastinali (shiberli) aylanuvchi pnevmodvigatel (9.25-rasm) shunday 
yasalganki, korpus ichiga yuborilgan qisilgan havo plastina (shiber) 1 ga 
ta`sirlashadi. Plastina tsilindr shakldagi korpus 4 o`rtasida joylashgan chiquvchi 
val 2 bilan mahkam bog’langan. Havo bo`shliq 3 ning plastina ajratib boradigan bir 
qismidan ikkinchisiga sizib o`tib ketmasligi uchun plastina rezinali yoki 
plastmassali qobiq bilan yasalgan. Plastinaning aylanish burchagi chegaralovchi 5 
ning o`lchamlariga bog’liq bo`lib, standart konstruktsiyalarda 90, 180 va 270° larda 
bo`ladi. Boshqa burchaklarga aylantirish uchun tashqi qurilmalar o`rnatiladi. 
Bunday pnevmodvigatellarning aylantiruvchi momenti 250 N·m ni tashkil qiladi. 

Download 494.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling