Ishlab chiqarishning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish korxonaning bozor sharoitiga tezroq moslashishi va raqobat kurashlariga doimo tayyor bo‘lishiga zamin tayyorlaydi. Bunday tahlil jarayonida quyidagi savollarga javob olinadi:
tovar va xizmatlarni raqobatchilarga nisbatan kam xarajat bilan ishlab chiqarish.
korxonaning yangi xomashyoni jalb qilish imkoniyati bormi? Unda xomashyo yetkazib beruvchilarni tanlash imkoniyati bormi?
korxona uskunalarining holati qanday? Ular zamonaviymi, ularga xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?
korxonada talab yo‘qligi tufayli to‘planib qolgan tovar zaxirasini kamaytirish maqsadida qanday ishlar rejalashtirilgan?
korxonada materiallarning kirimi, ishlab chiqarish jarayonidagi harakati va tovarlarning chiqib ketishini nazorat qilish tizimi mavjudmi?
korxonada raqobatchi korxonalar xizmat ko‘rsata olmaydigan bozorlarga kirish imkoniyati bormi?
korxona mahsulot sifatini nazorat qilishning samarali usuliga egami?
korxonada ishlab chiqarish jarayoni qanday tashkil etilgan va uni takomillashtirish mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |