Mehnat resurslariga oid muammolarni tahlil qilish nafaqat strategik rejalashtirish jarayoni, balki bozor iqtisodiyoti sharoitida inson omili o‘ynaydigan muhim rolni aniqlash uchun ham zarurdir.
Inson omilini tahlil qilishda quyidagi savollarga javob topish tavsiya etiladi:
Bugungi kunda korxonangizda band bo‘lgan xodimlarning tarkibi qanday?
Yuqori pog‘onadagi rahbarlarning malakasi va omilkorligi qanday?
Kadrlar bo‘yicha rotatsiya rejalari bormi?
Korxona rag‘batlantirishning samarali tizimiga egami?
Korxonada kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimidan samarali foydalanilayaptimi?
Keyingi yillarda korxonadan malakali mutaxassislarning ketib qolish hollari bo‘lganmi? Bo‘lgan bo‘lsa, nima uchun?
Korxonada xodimlar faoliyatini baholash tizimi ishlab chiqilganmi? Bunday baholash oxirgi marta qachon amalga oshirilgan?
Javoblarni tahlil qilish va inson omilini kompleks baholash biror-bir bo‘g‘indagi zaif tomonlarni aniqlash va shunga mos ravishda chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |