10-mavzu. STRATEGIC RЕJАLАSHTIRISH
1-mashgulot
REJA:
1.Strategiya va strategik boshqaruv tushunchasi
2.Strategik rejalashtirish jarayonida korxona faoliyatining tahlili
3.Ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish
4.Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes-rejani ishlab chiqish.
5. Ishlab chiqarishni boshqarish tushunchasi
6.Ishlab chiqarishni boshqarish jarayonlari
7. Xodimlarni boshqarish tushunchasi va tizimi
8. Xodimlarni boshqarish samaradorligi
Tayanch iboralar: strategiya; strategiya turlari; strategik boshqaruv; ekstrapolyatsiya; strategik reja; rejalashtirish jarayoni; maqsadni belgilovchi mezonlar; muhit tahlili;
1. Strategiya va strategik boshqaruv tushunchasi
Strategiya grekcha (“strategos”) so‘z bo‘lib, “qo‘mondonlik san’ati” degan ma’noni bildiradi. Bu atamaning harbiy sohadan kirib kelganiga taajjublanmaslik kerak. Zero, puxta o‘ylangan strategiya Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda qo‘l kelgan.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida ham strategiya atamasi:
“yirik harbiy operatsiyalar va umuman, urush olib borish san’ati”;
“ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi” ma’nosida talqin etilgan.
Harbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo‘mondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san’ati ma’nosida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |