По словам Пескова, на встрече Путин обратил внимание жителей республики на то, что, например, из порядка 600 автозаправочных станций налоги платят лишь единицы


-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni


Download 152 Kb.
bet9/22
Sana08.01.2022
Hajmi152 Kb.
#236085
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
10-мавзу. Марк ва менеж асосл

2-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni
Korxona maqsadi va vazifalarini tanlash strategik rejalashtirish jarayonining eng dastlabki va mas’uliyatli bosqichlaridan hisoblanadi. Bu jarayon rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlari uchun mo‘ljal vazifasini o‘taydi. Korxonaning mablag‘ bilan bog‘liq faoliyatining asosiy maqsadi – kam mablag‘ sarflab, iste’molchilarga yuqori sifatli mahsulot yetkazib berish, topshiriq, shartnomalarini bajarish. Strategik rejalashtirish sifati ham ana shu asosiy maqsadning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog‘liq. Shu sohadagi tadqiqotlar maqsadning quyidagi mezonlarga mos kelishi lozimligini ko‘rsatadi:

aniq o‘lchovga ega bo‘lishi;

davr (muddat)ning aniq bo‘lishi;

amalga oshirish mumkinligi;

muvofiqlashtirilishini ta’minlash mumkinligi;

ustuvorlikka ega bo‘lishi.



Birinchi mezon maqsadning aniq me’yoriy o‘lchovga ega bo‘lishini talab qiladi. Masalan, “Shu davrda xodimlarning xizmat pillapoyalari orasidagi o‘sishini taxminan 10-15 foizga oshirish”, “sifati a’lo, ammo bahosi shuncha foiz past bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish” va hokazo. Bunday maqsadlarni aniq qo‘yish bilan rahbar barcha bo‘g‘inlarning istiqboldagi rivojlanishi bo‘yicha aniq miqdoriy mo‘ljallarni belgilaydi.

Strategik rejalashtirishdagi ikkinchi mezon – prognoz qilinayotgan vaqt (davr)ni aniq belgilash lozimligi. Bu mezonga binoan, strategik rejalashtirish uzoq muddatli (besh yildan ko‘proq muddatga), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va qisqa muddatli (bir yilgacha) bo‘lishi mumkin.



Maqsadga erishishning uchinchi mezoni ikki jihat nuqtai nazaridan muhimdir. Birinchidan, mo‘ljallangan maqsadning amalga oshmasligi korxonaga katta zarar yetkazishi, hattoki bankrotlikka olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, amalga oshirish mumkin bo‘lmagan maqsadning korxona oldiga qo‘yilishi band bo‘lgan xodimlarning muvaffaqiyatga intilishini bo‘g‘ib qo‘yadi. Bu esa o‘z navbatida, ularning shaxsiy manfaatdorligini so‘ndiradi. Ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Strategik rejalashtirishdagi maqsadning to‘rtinchi mezoni – maqsad-ning muvofiqlashtirilishini hisobga olish. Bunday talab to‘la-to‘kis boshqa-ruvchilarning mahorati va malakasiga bog‘liq. Bu yerda qo‘yilgan maqsad-ning boshqa maqsadlarning amalga oshishiga xalaqit bermasligi to‘g‘risida fikr bildiriladi. Bosh maqsad va qo‘shimcha maqsadlarning o‘zaro muvofiq kelmasligi turli bo‘g‘inlar ishida turli qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

Maqsadga erishishning beshinchi mezoni – strategik rejalashtirila-yotgan obyekt bilan bog‘liq bo‘lib, uning ustuvorligiga e’tibor beriladi. Masalan, foydalilik, bozor segmentlari, moliyaviy resurslar, innovatsiya, ijtimoiy himoya va hokazo. Bu sohalar bo‘yicha maqsadlar ham mazmunan, ham ifodalanish shakli nuqtai nazaridan o‘zaro tubdan farq qiladi. Darhaqiqat, agar so‘z foydani uzoq muddatga rejalashtirish haqida ketsa, u holda asosiy maqsad foyda, daromad ko‘lami, kapital qo‘yilmalarga ajratiladigan mablag‘ va hokazolar nazarda tutiladi.

Korxona taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi va uning maqsadini to‘g‘ri tanlash quyidagi ikki omilga bog‘liq:

tashqi muhit omili;

ichki muhit omili.

Strategik rejalashtirishni amalga oshirishda bu omillarni inobatga olish juda ham zarur, chunki aynan ularni hisobga olish korxonaga xavf soluvchi yoki paydo bo‘lish ehtimoli bo‘lgan xavfning oldini olish imkonini beradi. Bu, albatta, sermehnat va serxarajat jarayondir. Bu xarajatlar strategik rejalashtirishga qilinadigan xarajatlarning eng ko‘p qismini tashkil etadi.

Tashqi muhitni tahlil qilish quyidagicha amalga oshiriladi (3-rasm).




Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling