2. Strategik rejalashtirish jarayonida korxona faoliyati tahlili
Strategik reja – korxona (firma) oldidagi uzoq muddatga mo‘ljal-langan vazifalar majmui bo‘lib, u korxona ko‘lamidagi boshqa joriy, yillik rejalar uchun boshlang‘ich nuqta xizmatini o‘taydi. Strategik rejaning asosiy shakllari besh, o‘n yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan rejalardir.
Strategik rejaning o‘ta muhim va zarurligi quyidagilar bilan izohlanadi. U:
• korxonaning aniq maqsadini belgilash va shakllantirish imkonini beradi;
• korxonaning tashqi muhitga moslashtirilishiga yordam beradi;
• samarali boshqaruv tarkibi va tizimini yaratish imkonini beradi;
• korxona tarkibidagi barcha bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlash-tirishga sharoit tug‘diradi;
• korxonaning barcha resurslarini, ya’ni ishchi kuchi, moliyaviy, aylanma va asosiy fondlarning samarali taqsimotini ta’minlaydi.
Korxona maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan batafsil, har tomonlama kompleks ishlab chiqilgan reja strategik rejalashtirishning pirovard natijasi hisoblanadi. Strategik reja, odatda korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. Uni hayotga tatbiq etishda korxonaning barcha xodimlari ishtirok etadilar.
Strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |