Cheklangan o‘sish. Bu strategiyani, asosan barqaror texnologiyaga ega korxonalar rahbarlari tanlaydilar. Bunda rivojlanishdagi maqsad “erishilgan daraja”ga asoslanib o‘rnatiladi va sharoit o‘zgarishiga ko‘ra unga tuzatishlar kiritiladi (masalan, inflyatsiya sharoitida). Agar rahbariyat korxonadagi mavjud holatdan qoniqadigan bo‘lsa, u holda istiqbolda ham shunday strategiya (muqobil)ni tanlagan bo‘ladi, chunki bu eng oddiy va xatari kam yo‘ldir.
O‘sish. Bu tanlovga eng ko‘p tushadigan muqobillikdir. Uni texnologiyani tez-tez o‘zgartirib turadigan va korxonani rivojlantirishda erishilgan daraja ko‘lamida to‘xtab qolishni emas, balki undan ham yuqori darajaga erishishni mo‘ljallaydigan rahbarlar tanlaydi. Agar korxona barqaror rivojlanish sharoitida ishlamayotgan bo‘lsa, bankrotlikka uchrashi hech gap emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |