По словам Пескова, на встрече Путин обратил внимание жителей республики на то, что, например, из порядка 600 автозаправочных станций налоги платят лишь единицы


Download 152 Kb.
bet20/22
Sana08.01.2022
Hajmi152 Kb.
#236085
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
10-мавзу. Марк ва менеж асосл

Kamayish. Bu juda kamdan-kam tanlanadigan muqobillikdir, chunki bunda yo korxonani kichraytirish, yo ishlab chiqarish hajmini kamaytirish nazarda tutiladi. Bu strategiyani ko‘pincha so‘nggi vosita deb ataladi, chunki korxona faqat nochor holga tushgan sharoitdagina bu strategiyani ishlashga majbur bo‘ladi. Aniqrog‘i, korxona rahbarlari quyidagi vaziyatlarda bunday strategiyani tanlashga majbur bo‘ladi:

  • iqtisodiy tanazzul davrida;

  • korxona juda og‘ir sharoitga tushib, uning ahvoli yomonlashib borayotgan sharoitda;

  • ishlab chiqarishni kamaytirish hisobiga.

Bunday hollarda korxona butkul tugatilishi yoki uning ayrim bo‘limlarini birlashtirish sodir bo‘ladi.

To‘rtinchi muqobil yuqoridagi har uchala muqobilni o‘zida mujas-samlashtiradi. Yirik (turli tarmoqlarni o‘z ichiga qamrab olgan) korporatsi-yalarda amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida mazkur korporatsiya doirasida bir turdagi faoliyatini qisqartirish, boshqasini esa kengaytirish yoki ko‘paytirish strategiyasi qo‘llanilishi mumkin.

Korxonaning umumiy strategiyasini ishlab chiqish, tegishli muqobil-likni rejalashtirish va uni baholashda, bir qator uslubiy yondashuvlar qo‘llaniladi.

Har bir kvadrant qandaydir umumiy strategiya va uning unsurlarini belgilaydi. Kvadrant deganda to‘rt qismdan iborat bo‘lgan sifat matritsasi tushuniladi.



I kvadrant korxona strategiyasining mavjud bozorlar va tovarlarga bo‘lgan yo‘nalishini ko‘rsatadi. Bu usulni xarajatlarni tejash yoki “nimani bajarayotgan bo‘lsang, o‘shani yaxshila” strategiyasi deb atashadi. Bunday strategiyani, odatda bozorni egallash uchun o‘z faoliyatini yaxshilashi, rivojlantirishi lozim bo‘lgan korxonalar tanlashadi. Korxona marketing xizmatini kuchaytirish, raqobatbardosh narxni belgalash, tovarlarni bozorga uzluksiz yetkazib berish orqali o‘zi uchun an’anaviy bozorni kengaytirishga harakat qiladi.

II kvadrant korxona strategiyasining korxona qatnashayotgan bozorni kengaytirish, tovarlarning yangi turlarini taklif qilish hisobiga yangi bozorlarga kirib borishga yo‘naltirilganligini aks ettiradi.

Bunday strategiya quyidagi hollarda samarali hisoblanadi:



  • korxona o‘zi ishtirok etadigan bozorlar geografiyasini o‘zga davlatlardagi bozorlarga kirib borish hisobiga kengaytirsa;

  • bozorlardagi qondirilmagan sigmentlarni topish imkonini bersa;

  • yangi tovarlar taklifini kengaytirsa.

III kvadrant o‘zlashtirilgan bozorga yangi tovar yetkazib berish strategiyasini tanlashni bildiradi. Bu strategiyaga, odatda iste’molchilar e’tiborini qozongan mahsulotlarning yangi modellari mavjud bo‘lgan hollarda murojaat qilinadi. Bunda korxona ustuvorlikni yangi mahsulotni ishlab chiqarishga yoki mavjud mahsulotni modifikatsiya qilishga beradi.

IV kvadrant diversifikatsiya strategiyasi deb ataladi. Bu strategiya, odatda korxonaning bitta bozorga yoki bir tovar assortimentiga bog‘liq-ligidan, shuningdek, tugatilayotgan yoki turg‘un holatdagi bozorlardan qutulish maqsadida qo‘llaniladi. Ammo bu strategiyani qo‘llash anchagina xavf-xatar bilan bog‘liq. chunki diversifikatsiya strategiyasi hali bozori ham, xaridori ham noma’lum yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni taqozo etadi.

Ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish uchun korxona rahbarlari unga rejalar, dasturlar, loyihalarni ishlab chiqishlari, uni asoslashlari, budjet masalalarini hal qilishlari, xullas, strategiyaning ijrosini boshqarishlari lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategiyani amalga oshirish uchun korxonada quyidagi rejalar tizimi ishlab chiqiladi (4-rasm).






Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling