Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


Download 88.99 Kb.
bet2/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
POETIKA

Shoh daryo va xa.щ erur anhor,
Ikkisining suvida bir maza bor.
N avoiy Arastu hakimning bu fikrini «M a^bubul-
qulub» asarida yanada rivojlantirib, bunday deydi:
«Kimki shohga xizmatkor va qaram bo‘lsa, ishi va (odam-
larga) munosabati ham shohnikiga o‘xshash buladi. Agar shoh
adolatparvar bo‘lsa, vazirlari, axolisida xam adolatpesha-
lik bor. Agar shohning odati xalqqa zulm qilish esa, eli
xam zulmga moyildir. Agar shoh iymon, e’tiqodli bo‘lsa,
xalq xam islom diniga amal qiluvchidir. Agar shoh kofir-
tabiat bo‘lsa, qo‘l ostidagi tobe’larida xam xuddi shunday
kofirlik fe’li avj oladi». Shundan so‘ng Navoiy Arastu
xakim fikrini keltiradi:
«Donishmandlar shohni ulug‘, sermavj daryoga, aholisi va
yaqinlarini esa, daryo atrofidagi anhorlarga o‘xshatadilar»
(«Maxbubul-kulub». sax.. 22.)
Arastu x aki m n i n g bu fikrini Navoiy yuksak baholashi-
ning sababi ma’lum — shoir yoshlik chog‘larida behad go‘zal
orzular bilan, do‘sti Sulton Husayn bilan birgalikda donishmandlar
davrasida adolatli tuzum o‘rnatib, elni shod,
yurtni obod qilishiga ishongan edi. Mutafakkir shoir bu
orzusini qisman amalga oshirdi. Ammo keyinchalik, sulton
Husayn atrofidagi olchoq, baxil, urishqoq, badnafs amir-
lar va xokimlarning so‘zlariga uchib, saltanat u yoqda tur-
sin. o‘z oilasida, farzandlari orasida xam tinchlik va ado-
lat o‘rnatolmadi. «Toju taxtimga ko‘z olaytirdi» deb, sevimli
kabirasi, kelgusida adolatli xukmdor bo‘lishi kuti-
layotgan yetuk inson — Mo‘min Mirzoii qatl etdi. Xalq gar-
daniga og‘ir soliqlar solib, jabr-zulmni kuchaytirdi.
Bu hodisada biz Arastu fikrining teskarisini ham
ko‘ramiz. Ya’ni, daryoga kelib qo‘shilayotgan irmoqlarning
tiniq yoki loyqa bo‘lishi daryo suvining xam qandayligini
hal etadi.
Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonida ulug‘
saltanat rahbari Iskandarning o‘z ustozi Arastu bilan
suhbatlarini keltiradi. Dostonning XXII bobida quyida-
gi shoh baytlarni o‘qiymiz:
Ya n a sh oh A r a s t u g a qildi x i to b ,
«Ki, ey donish-oyinu h i k l t t - m a o b !
Sh ahekim, erur adlning j ozimi,
N ye ishlar ekan adlning lozimi?»
Ya’ni, shox ustozi Arastudan «Adolatli podshoh bulishga
jazm qilgan odam adolatni qaror toptirish uchun ne
ishlar qilishi zarur?» deb so‘radi.
Arastu hakim javob berdi:
Dedы: «Sh ahki, adl o‘lsa oyin (o d a t ) anga,
M usaxxar durur dunyoyu din anga...
Sh axekim, anga adl bunyod o‘lur,
N a t i j a bukim, mulki obod o‘lur.
Ch u mulki o‘ldi obodu, xalqi ganiy,
Yatsindurki, ma’mur o‘lur maxzani...
Ya’ni, agar podsho^ adolatni bunyod etsa, mulki — el-
yurti ham obod, xalqi ham badavlat va shod, xazinasi xam
mo‘l-ko‘l buladi. Davlat xazinasi adolatsiz undirilgan boy-
lik bilan to‘lganida esa podshoh, vazirlar xalqning qarg‘i-
shiga uchraydi. Xalq boy-badavlat, farovon xayot kechirga-
nida xazina to‘lsa, davlat ham boyiydi, sipox armiyaning
ham kuch-qudrati ortadi. Hatto dushman podshohlarning xalk-
lari va sipohlari xam adolatli podshoh qo‘l ostiga o‘tishni
orzu kiladilar.
Navoiy fikricha, agar shoh xalqning dilini ranjitar
ekan, o‘z jonini do‘zax o‘tiga tayyor kilgan buladi. Xalqqa
zulm qilgan sho^ yoki ^okim aslida bu zulmlar o‘ziga qayti-
shini tushunmaydi. Qur’on oyatlarida kelganidek. «Ular
faqat o‘zlariga zulm qiluvchilardir». Navoiy bunday odamlar
haqida «Zulmkorlikni o‘ziga maqsad qilib olganlar el
ko‘ngliga yoqmaydigan, nomi bu dunyoda xam (yaxshi ma’noda)
tilga olinmaydigan badnom kishilardir, deydi. Bu toifa
shaxslar, Navoiy fikricha, boshqa olamdan o‘zlariga joy
axtarib o‘tirmaydilar, chunki ular hech qaerda to‘xtamay.
to‘ppa-to‘g‘ri jaxannamga ravona bo‘lmoklari lozim. Qaysi
shox adolatdan uzoqlashsa, o‘z joniga jabr qiladi. Agar
shoh yoki hokim adolat xunarini kasb qilib olsa, uning qo‘li-
dan faqat yaxshilik keladi».
Adolat bulog‘idan suv ichganlar bu tabarruk buloqning
ko‘zini ochgan rahbarni doimo duo qilib. unga hamisha yaxshilik,
ikki olam saodatini tilaydilar. Adolatparvar
inson Navoiy nazarida abadiy hayotda jannat buloqlari-
dan qonib suv ichadi.
Arastuning Iskandarga yana bir nasihati barcha zamon-
larda ra’iyat, xalq bilan podshoh, hokimlar o‘rtasida chi-
qadigan nizolarning oldini olish uchun muxim ahamiyatga
molikdir. Navoiy «Saddi Iskandariy»ning 26-bobida yozi-
shicha, podshox Arasgudan «xar qanday nizolarni xirad —
aql, donolik rad etadi, biror noyob joyda — yo‘l topilg‘ay-
muki, anda nizolar kelib chiqmasa?» — deb so‘raydi.
Arastu bu savolga shunday javob beradi: «Aql nizolarni
rad etishi to‘g‘ri, ammo ba’zida aql nizoni xam zarur,
deb biladi. Birov (podshoh yoki vazir) nodilpazir — xalq
ko‘ngliga yoqmaydigan ish qiladi (soliqlarni haddan oshi-
radi va ^okazo). Bundan norozi tomon darhol nizo chiqar-
may. o‘z noroziligini odob, madaniyat bilan aytishi zarur».
Ammo podshoh, vazir shunda ham o‘jarlik qilib, xalq man
etgan ishni tark etmasa, ikki orada nizo chiqishi tabiiy-
dur. Yaxshi odamlarning podshohga nasihati xam qattiq va
qo‘pol so‘zlar bilan emas. muloyim ohangda, anik qilib ay-
tilsa yaxshi.
Fors adabiyoti tarixida asrlar davomida o‘qiladigan
«Arastuning Iskandarga nasihati» da ancha qattiq gaplar
ham uchraydi. Ammo bular barchasi dono, foydali nasihat-
lardir.
Arastuning bunday dono maslaxatlariga amal kilgan
Iskandar adolat bilan jahonni fat^ etdi. Bu — Navoiy
Iskandari. Asl Iskandar ustozi Arastuning nasixatlari-
ga har doim amal qilganmi?
Iskandar hayotini ishonchli manbalarga asoslanib tadqiq
etgan avstriyalik atoqli tarixchi Fris Shaxermayer o‘z kitobida
uning podshohlik taxtiga o‘tirishi bilan qilgan
ishlarini mufassal yoritgan. Tarixchining yozishicha, Iskandar
otasi Filippga suiqasd qilib o‘ldirgan jinoyatchini
topib, katl etgach, bu ishga aloqador va aloqasiz juda ko‘p
odamlarni «kelgusida taxtga da’vogar bo‘lmasin» deb, bitta
qolmay o‘ldirtiradi. «Bularning avlodlari mendan o‘ch
olishga urinadi», deb, ularning katta-yu kichik barcha far-
zandlarini ham boshini kestiradi. Faqat otasining saf-
doshlari — qo‘shinlarda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan An-
tipatr, Parmenion va boiщa sarkardalar omon qoladilar.
Ular keyinchalik Iskandar uchun ja^on mamlakatlarini zabt
etishda faol qatnashadilar.
F.Shaxermayer qadimiyat tarixchisi Plutarx asariga
suyanib yozishicha, podshoh Filipp va o‘g‘li Iskandarni yo‘qo-
tish rejasini tuzgan fitnachilar boshida malika Olimpiada
turgan. U mana shu fitna amal ga oshsa, Makedoniya tax-
tiga o‘z avlodlarini qo‘ymoqchi edi. Ammo Iskandar pod-
shohlik taxtiga chiqishi bilan o‘gay onasiga qarshi ^yech qan-
day chora ko‘rolmagan. Aksincha, juda ko‘p aybsiz zodagonlar
va sarkardalarni o‘limga hukm etgan. «Har qalay podshoh
Aleksandr o‘z hukmdorligini odamlarni o‘ldirish va jino-
iy javobgarlikka tortish ishlari bilan boshladi. — deb
yozadi F.Shaxermayer. — Uning bunday shafkatsiz choralar
ko‘rishini davlat zaruriyati deb hgm oqlash mumkin emas ...
Bu shafqatsizliklarni Aleksandr jщl. ustida emas, balki
puxta o‘ylab amalga oshirgan».
«Qur’oni karim»ning (18) «Kax¥f» surasida zolim pod-
sho^dan kochib, Gorda 309 yil uxlab kolgan o‘smirlar qis-
sasidan so‘ng Zulqarnayn qissasi keladi: «Darxaqiqat, biz
unga (Zulkarnaynga) bu Yerda saltanat, x%ukmronlik berdik
va (niyat qilgan) barcha narsasiga yo‘l — imkoniyat ato et-
dik. Bas, u (avval G‘arbga qarab) yo‘l oldi. To kun botadigan
joyga yetgach, u (Quyoshning) bir loyqa buloqqa botayotgani-
ni ko‘rdi va u bulok oldida bir qavmni uchratdi. (Bu kofir
qavmlar yanglish e’tiqod bilan buloqdagi quyosh aksiga sajda
qilayotgan bo‘lsa kerak). Biz: «Ey, Zulqarnayn, yo (ularni)
azobga duchor qilursan yoki ularga yaxshi muomalada bo‘lur-
san», dedik. U aytdi: «Zolim bo‘lgan kimsani, albatta, azob-
laymiz. So‘ngra, parvardigoriga qaytarilgach, u zot uni yana
dahshatli azob bilan azoblar. Endi, iymon keltirib, yaxshi
amallar qilgan zotga kelsak, uning uchun go‘zal oqibat —
jannat mukofot bo‘lur...» (18-83-88). Shundan so‘ng, Qur’on
oyatlarida xabar berilishicha, Zulqarnayn xalqning ilti-
mosi bilan Ya’juj va Ma’jujga karshi ulkan devor qurib
beradi. Alisher Navoiy Qur’onni va uning tafsirlarini
juda yaxshi bilgan, shuning uchun o‘z dostonini ham «Iskandar
devori» deb atagan.
Qur’onda «Zulqarnayn» so‘zi boru, «Iskandar» so‘zi yo‘q,
bundan tashkari, Qur’onda Zulqarnayn payg‘ambar ekanli-
gi haqida ham so‘z yo‘q. U faqat Ollox farmoniga itoat
etguvchi, dahriylarni jazolovchi podsho^ sifatida ko‘rsa-
tilgan. Shu sababli Rabg‘uziy va boshqalarning tafsirla-
rida ham Lukmon bilan Zulqarnayn payg‘ambarligida ix-
tiloflar borligi aytiladi.
Xullas, tarixdagi Iskandarni buyuk Nizomiy o‘z «Xam-
sa»sida Qur’ondagi payg‘ambar deb baholasa-da, biz bu shaxs-
lar boshqa-boshqadir, deb o‘ylaymiz.

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling