Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


Fabula va uning mu^imligi


Download 88.99 Kb.
bet7/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
POETIKA

Fabula va uning mu^imligi
Biroq bu qismlardan eng muxim i — voqealar oqimi-
dir. Chunki aslida tragediya, kishilarni tasvirlash emas,
balki harakat va hayot, baxtlilik va baxtsizlikni tasvir-
lashdir, baxt va baxtsizlik esa, doimo inson (xarakteri)
va qilmishidan bo‘ladi. Tragediyada aks ettirishning maq-
sadi ham qandaydir fazilatni emas, biror voqeani talkin
etishdir. Xarakter kishilarga fazilat baxsh etadi, fakat
biror voqea oqibatidagina ular baxtli va baxtsiz bo‘lish-
lari mumkin. Tragediyada harakat faqat xarakterlarni tasvirlash
uchungina amalga oshirilmaydi, ular (xarakterlar)
xatti-harakat orqali ko‘rsatiladi xolos. Shunday kilib,
tragediyaning asosiy maqsadini fabula, voqea tashkil etadi,
maqsad esa hammasidan muhimdir. Bundan tashqari, tragediya
voqeasiz yashay olmaydi, xarakterlarsiz esa yashay oli-
shi mumkin. Masalan, yangi t^agediyalarning ko‘pchiligida
xarakterlar tasvirlanmaydi. Umuman rassomlardan Zevk-
sid va Polignot bir-biridan qanday tafovut qilsa, ko‘pchi-
lik shoirlar xam o‘zaro shunday farqlanadilar. Polignot
haqiqatan ham xarakterlarni a’lo darajada chizguvchi e^i.
Zevksid asarlarida esa xarakterlar mutla’; uchramaydi/
So‘ngra, kimki ataylab ko‘plab xarakterli, o‘zgacha iboralar,
ajoyib ifoda va fikrlarni qalashtirib tashlasa, u
tragediya oldiga qo‘yiladigan vazifani bajara olmaydi,
ammo shulardan oz darajada foydalangan, birok rivoyat va
voqealar oqimiga ega bo‘lgan tragediya o‘z vazifasini nisbatan
yaxshiroq amalga oshiradi. Tragediyaning ruxni maf-
tun etuvchi qismlari — peripetiyalar, ya’ni burilish nuq-
talari va rivoyat-voqea qismlaridadir. Yana bir dalil. Tragediya
yozmoqchi bo‘lgan ijodkor eng avvalo til, nutq va xa-
rakterlarda muvaffaqiyat qozonishi mumkin (voqeada esa
— keyin). Qadimgi shoirlarning deyarli barchasi shunday/
Shunday qilib, tragediyaning boshlanishi, uning qalbi
voqea bo‘lib, xarakterlar esa ikkinchi o‘rinda keladi. Ras-
somlikda ^am xuddi shunga o‘xshash holni ko‘ramiz. Kimdir
eng yaxshi bo‘yoqlarni chaplashtirib tashlagani bilan kishiga
oddiy suratchalik zavq bera olmaydi. Buning ustiga tragediyaning
inson qalbini musaffolantirishiga qaraganda ham
eng zaruri voqea qismining mohiyati — kutilmagan xolat-
lar va sirning ochilishidir.
Tragediyaning uchinchi qismi fikr teranligidir. Bu siyo-
sat va notiqlik san’atidagi kabi, ishning mohiyati va sha-
roitlariga taalluqli bo‘lgan narsani so‘zlay olish mahora-
tidir. Qadimgi shoirlarda shaxslar siyosatdonlardek gapir-
sa,^ozirgilarda esa notiklar sifatida tasavvur qilina-
di.” Inson maylining nimadadir namoyon bo‘lishi, kimning
nimanidir afzal deb hisoblashi yo nimanidir yoqtirmagani
— xarakterdir; yoki gapiruvchining nimani ma’hullashi, yoki
yoqtirmagani aniq ifodalanmagan nutqda xarakter gavda-
lanmaydi. Roya esa nimaningdir borligi yoki yo‘qligini is-
botlash, yoxud umuman nimaningdir ifodalanishidir. So‘z
bilan ifodalashning go‘rtinchi qismi nutq, ya’ni so‘z vosi-
tasida mulohaza yuritishdir. Bu, yuqorida aytilganidek,
vazndagina emas, nasriy nutqda ham bir xil ahamiyatga ega
bo‘lgan so‘z orqali tushuntirishdir. Kolgan beshinchi, muzi-
kali qism bezaklarning asosiysidir. Sa^naning jihozla-
nishi — dekoratsiya esa qalbga ta’sir etsa ^am, biroq u poeziya
san’atidan mutlaq tashqarida turadi va poeziyaga kam-
ros taalluqlidir, chunki tragediyaning kuchi dekaratsiyasiz
xam, aktyor (urni bezalmasa) xam seziladi. Buning ustiga yashs
sahnani bezashda shoirlarga qaraganda dekorator san’ati”
ko‘proq ahamiyatga molikdir.
VII. TRAGEDIYaNING YaXLITLIGI
Bu xususiyatlarni e’tirof etgach, voqealarning uyg‘un-
lashuvi qanday bo‘lishi kerak, degan masalaga to‘xtalamiz,
chunki bu tragediyada birinchi va eng zaruriy qismdir. Tragediya
muayyan hajmga ega bo‘lgan, tugal va bir butun voqea-
ning tasviri ekanligini e’tirof^,etdik.“ Chunki (ru^iyat-
da) hajmsiz yaxlitlik ham bo‘ladiL Yaxlit narsa ibtidosi,
o‘rtasi va intihosi bo‘lgan narsadir. Ibtido boshqa narsa-
ning ketidan kelishi zarur bo‘lmagan, aksincha, tabiat qonu-
niga ko‘ra, orqasidan nimadir keluvchi yoxud sodir bo‘luvchi
narsadir; aksincha, intiho zaruriyat tufayli yoxud odatga
ko‘ra, albatta, boshqa narsa ketidan keluvchi narsadir; undan
keyin esa hech narsa bo‘lmaydi; o‘rta esa o‘zi boshqa nar-
saning ketidan keluvchi va uning ketidan ham boshqa narsa-
ning kelishiga asoslangan. Shunday qilib, yaxshi tuzilgan
rivoyatlar duch kelgan joydan boshlanib, yana duch kelgan
joyda tugamasligi, balki ko‘rsatilgan qoidalar asosida
bo‘lishi lozim.

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling