Poetika (nafis san’a tlar haqida) axloqi kabir


Download 88.99 Kb.
bet4/19
Sana24.12.2022
Hajmi88.99 Kb.
#1059340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
POETIKA

------®------
POETIKA
(Nafis san’atlar haqida)
Biz umuman, poetik san’at to‘g‘risida, shuningdek, uning
alohida ko‘rinishlari va ulardan xar birining imkoniyat-
lari, poetik asarning yaxshi chiqishi uchun fabula kanday
tartibda tuzilishi zarurligi to‘g‘risida so‘zlaymiz.1 Bundan
tashqari, asarning nechta va qanday qismlardan iborat
bo‘lishi, shu bilan birga, bu tadqiqotga tegishli bo‘lgan
hamma boshka masalalarga to‘xtalib o‘tamiz. Tabiiyki, o‘z
so‘zimizni boshlang‘ich masaladan boshlaymiz.
Poeziya o‘xshatish san’ati
Epos va tragediya, shuningdek, komediya va difiramba
ijod etish, avletika va kifaristikaning katta qismi —
bu ^ammasi, umuman aytganda, o‘xshatish (mimesis) san’ati-
dan o‘zga narsa emas; ular o‘zaro uch jihatdan: (1) tasvirlash-
ning turli vositalari bilan; (2) NIMA tasvirlanayotga-
ni bilan; (3) rang-barang, o‘xshatish usullari bilan farq-
lanadi.
Tasvirlashning turli vositalari
Ba’zi kishilar mahorat, ba’zilar malaka sababli, yana
ba’zilar tugma iste’dodlari tufayli bo‘yoqlar va shakllar
yordamida ko‘p narsalarning tasvirini — o‘xshashini tas-
virlaydilar. Hozirgina eslab o‘tilgan san’atlarning ham-
masida xam alohida yo ritm, yo so‘z va yoxud garmoniya yordamida,
yoki shularning hammasi uyg‘unligida tasvirlaydilar. Avletika
va kifaristika hamda musiqa san’atining boshqa
xillari fakat garmoniya va ritmdan foydalanadi. Masalan,
surnay chalish san’ati, raqs san’atida xususan garmo-
niyasiz, ritm yordami bilan o‘xshatadilar, chunki ular ayni
ifodali ritmik harakatlar orqali xarakterlar, ehtiros-
lar va voqealarni qayta gavdalantiradilar. Biroq vaznli
so‘z yordamida, shuningdek, bir necha vaznni aralashtirib yo
ulardan birontasini qo‘llash yo‘li bilan yuzaga keluvchi,
yoxud yalang‘och (vaznsiz) so‘z vositasida tasvirlash san’ati
xozirgacha (ta’riflanmay) qolayotir. Birov trimetr, ele-
gik yoki boshka shunga monand she’r turlari yordamida tas-
virlaydi. Shunday ekan, biz Sofron va Ksenarx mimlari-
ga ham, Suqrotona suhbatlarga ham umumiy nom bera ol-
maymiz. Faqat «ijod» tushunchasini vazn bilan bog‘lovchi
kishilargina hayotni qayta gavdalantirish mo^iyati tufayli
emas, umuman, vazn tufayli (ularning hammasini) sho-
irlar deb ulug‘lab, ba’zi birlarini elegiklar, boshqala-
rini epiklar deb ataydilar. Mabodo, meditsina yoki fizi-
kaga oid qandaydir risolani vaznga tushirgan holda nashr
etsalar muallifni odatda shoir deb ataydilar. Bu o‘rinda
Homer va Empedokl' bilan vazndagi yaqinlikdan boiщa hech
qanday umumiylik yo‘q, shu boisdan xar ikkisini shoir de-
yishdan ko‘ra, birinchisini shoir, ikkinchisini tabiatshu-
nos deb atash adolatlidir. Shu bilan barobar, Heremon
«Kentavr»da barcha vaznlarni aralash holda qo‘llab, rapso-
diyalarni barcha ritmik o‘lchovlardan yaratgani singari kim-
dir hamma vaznlarni qo‘shgan holda ishlatib, asar yozib chi-
qarsa, (uni) xam shoir deb atashga to‘g‘ri keladi. Bu masala
xususida shu aytilganlar yetarli bo‘lar.
Biroq ba’zi bir san’atlar borki, ular hamma aytil-
ganlardan, ya’ni ritm, ohang va vazndan foydalanadi, masalan,
difirambik poeziya, komlar, tragediya va komediya shu-
lar jumlasidandir. Bular shu bilan farqlanadiki. ularning
ba’zilari mazkur vositalardan birdaniga, boshkala-
ri esa ayrim qismlaridangina foydalanadi, xolos. Men
san’atlar o‘rtasidagi tasvirlash vositalariga taalluqli
bo‘lgan farhlarni shunday tushunaman.
P. TASVIRL ANMISh HAYoTNING XILMA-XILL IGI
San’atkorlar muayyan shaxslarni tasvirlaydilar, ular
esa yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin. (Negaki, shaxslarning
qandayligi shu bilan belgilanadi, zero, hamma odamlar xa-
rakterlaridagi illatlari yoki fazilatlari jihatidan fa-
rqlanadilar). Ular bizdan yaxshiroq yoki bizdan yomonrok,
yoki hatto bizdek bo‘ladilar. (Xuddi rassomlardagidek. Po-
lignot, masalan, eng yaxshi odamlarni, Pavson — yomonlar-
ni, Dionisiy esa bizga o‘xshash kishilarni tasvirlaydi.)
Chamasi, yuqorida aytilgan tasviriy usullarning har biri
ham ana shunday tafovutlarga ega buladi. Demak, xilma-xil
predmetlarning tasviri ham har xil bo‘ladi. Chunki shunga
o‘xshash farqlanuvchi xususiyatlar raqsda ham, avletikada,
surnay, kifara chalshssa, nasr va odsiy she’^da ^am bo‘lishi
mumkin. Homer — eng yaxshilarni. Kleofont — oddiy odamlarni
ko‘rsatadi. Parodiyalarning birinchi ijodchisi fa-
soslik Gegemon yoki «Deliada»ning avtori Nikoxar yomon
odamlarni gavdalantirgan. Xuddi shu xususiyat difiramb-
lar va komlarga ham oidsir. Argant yoki Timofey va Fi-
loksen «Kikloplar»da qanday qahramonlarni yaratgan
bo‘lsa, difiramba va komlarda x.am shundaylarni yaratish
mumkin. Tragediya va komediya orasida xam xuddi shunday
tafovut mavjud: komediya hozirgi vaktda yashayotganlardan
ko‘ra yomonrok, tragediya esa, yaxshirok kishilarni tasvir
etishga intiladi.
Sh. TASVIRLAShNING TURLI USULLARI
Bu sohada asarlar yana tasvirlash usullari jihatidan
ham bir-biridan farqlanadi. Zotan bir xil narsani bir
xil vosita bilan tasvirlagan holda yo avtor voqealarga ara-
lashmay xikoya qilishi, yoki o‘zini xuddi Homerday tutishi
mumkin. Yoki butun hikoya davomida avtor o‘zligicha qolishi,
yoxud barcha aks ettiriluvchi shaxslarni gavdalantirishi
mumkin.
Nima bilan (qaysi janrda), nimani va qanday aks ettirish
usulidagi uch xil tafovut ana shulardan iborat.
Shunday qilib, Sofokl aks ettiriщsa bir jihatdan
Homerga o‘xshash bo‘lsa (chunki ularning har ikkisi ham yaxshi
odamlarni tasvirlaydi), boshka jixatdan esa Aristofan-
ga ya^in, zero, ularning ikkovi ,^am odamlarni harakatda,
shu bilan birga, dramatik harakatda ko‘rsatadi. Shuning
uchun ham ba’zilar dramaning o‘zi ham harakat, chunki u hara-
kat qiluvchi shaxslarni aks ettiradi deyishadi. Shu sabab-
ga kura doridaliklar tragediya va komediyani o‘zlarida kelib
chiqqanligi haqidagi da’volarini bayon qilmoqdalar;
megaraliklar, xususan, tubjoy kishilar sifatida komedi-
yaning guyo ularda demokratiya urnatilgan vaktda kelib chiq-
qanligini da’vo qilishmoqda, sitsiliyaliklar xam Xionid
va Magnetdan xiyla oldinroq yashagan shoir Epixarm o‘zla-
ridan bo‘lgani uchun shunday da’vo bilan chiqmoqdalar. Pe-
loponneslik doriylar xam tragediyaga oid da’volarini ayt-
moqdalar. Ular buni atamalar bilan isbot qilishga urin-
moqdalar. Ularning so‘zlariga Karaganda komediya so‘zi sha-
har atrofidagi qishloqlar — komlar (afinaliklar dem-
lar deganday) so‘zidan kelib chiqqan; zero, qiziqchilar —
komediantlar so‘zi komadzeyn (bazm qilmoq) fe’lidan emas,
balki shaharliklar tomonidan qadr-qimmat qilinmagan-
larning komlar (qishloqlar) bo‘ylab darbadar kezishidan
kelib chiqqan;9 shuningdek, «^arakat qilmoq» tushunchasi ham
ularda dran, afinaliklarda esa pratteyn so‘zi bilan ifo-
dalanadi. Shunday kilib, aks ettirishdagi tafovutlar
qancha va kanday bo‘lishi to‘g‘risida yetarli so‘zlandi.
IV. POEZIYaNING TABIIY PAYDO BO‘LIShI
Poetik san’atning kelib chiqishiga ochiq-oydin ikkita
sabab bulib, ikkalasi xam tabiiydir. Birinchidan, taqlid,
o‘xshatish insonga bolalikdan xos bulgan xususiyat. Inson
boshqa jonli mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega
ekanligi bilan ham farqlanadi, hatto dastlabki bilim-
larni u o‘xshatishdan oladi va bu jarayon samaralari barchata
huzur bag‘ishlaydi. Buni quyidagi dalil ham isbotlaydi:
biz haqiqatda yoqimsiz ko‘ringan narsalarga, masalan, jir-
kanch jonivor va murdalar tasviriga zavq bilan boqamiz.
Buning sababi shundaki, bilim olish faqat faylasuflar-
gagina emas, balki boshqa kishilarga ^am juda yoqadi, farq
shundaki, oddiy odamlar bilish uchun tomosha qilmaydilar.
Ular tasvirga zav^lanib qaraydilar, chunki unga boqib
«manavi narsa bunday ekan», deb mulohaza yuritishni o‘rga-
nadilar. Agar o‘xshashi tasvirlangan narsani avval ko‘rma-
gan bo‘lsa, o‘xshatishdan emas, balki bichim, bo‘yoq yoki shunga
o‘xshash boshqa bir narsadan zavq tuyadilar.
Zeroki, o‘xshatish garmoniya va ritm singari qadimdanoq
odamlarning tabiatiga xos xususiyatdir10 (vaznlar — ritm-
ning maxsus turi ekanligi sir emas), odamlar qadimdanoq
tabiatan o‘xshatishga qobiliyatlidirlarki, ular buni oz-
ozdan taraqqiy ettira borib, badiha she’rlar (improvizatsiya)
dan haqiqiy poeziyani yuzaga keltirganlar.

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling