Po'latov Dilyorbek


Download 27.58 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi27.58 Kb.
#218727
  1   2   3
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi 2-oraliq


Po'latov Dilyorbek



IM-80

Javoblar

  1. Talab — bu narxlarning mavjud darajasida sotib olinadigan tovar (xizmat)lar mikdori. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi.

2. Talabga narxdan tashqari ta’sir qiladigon omillar:



  • iste'molchi pul daromadlari

  • iste'molchi didi

  • o‘rnini bosuvchi tovarlar narxi

  • bozordagi iste'molchilar soni

  • narx va daromadlar o‘zgarishining kutilishi

  • iste'molchidan olinadigan soliqlar darajasi

Talabga narxdan tashqari boshqa omillar ta’sir qilsa (agar u talabni ko’paytirsa talab egri chizig’i o’ngga) agar u talabni kamaytirsa talab egri chizig’i chapga siljidi.

3. Taklif - bu narxlarning mavjud darajasida ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorga sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori.

Narx o‘sishi bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori ham ko‘payadi, narx tushganda esa kamayadi. Bu o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi.

4. Taklifga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar:



  • resurslar narxi

  • ishlab chiqarish texnologiyasi

  • soliq va dotasiyalar

  • bir-biriga bog‘liq tovarlar narxi

  • inflyasiyani kutilishi

  • bozordagi sotuvchilar soni

Taklifga narxdan boshqa ta’sir qiluvchi omillar o’zgarsa talab (agar omillar taklifni ko'paytirsa talab ham ko’payadi) agar omillar taklifni kamaytirsa talab ham kamayadi.

6. Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.

Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ruyobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi.

7.Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin qilinadi va unga turlicha ta’rif beriladi. Bunga qo’shimcha narxning darajasiga uning o’zgarishiga turli omillar ta’sir qiladi va bu ham masalani to’g’ri tushunishni biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g’oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo’lsa, marjinalizm yo’nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh toifadagilar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o’zlaricha turli dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.

8. Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi

9. Narxga tasir etuvchi omillar:

--Talab va taklif nisbati;

--Raqobat turlari va usullari;

--Iqtisodiy harajatlar;

--Davlatning iqtisodiy siyosati;

--Tovar va xizmatlarning nafliligi;

--xufyona iqtisodiyot rivojlanish holati;
10.a)Iqtisodiy mazmuniga ko’ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi.

Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko’tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o’z ichiga oladi.

Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlar. Chakana narx o’z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.

Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo’lishi ko’zda tutiladi.

Dotatsion narxlar. Davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.

Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.

Nufuzli narxlar. Aholining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan nufuzli (obro’-talab) tovarlarga belgilanadi.

Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k) narxi sifatida chiqadi.

b)Tartibga solinishi darajasiga ko’ra narxining quyidagi turlari mavjud bo’lishi ko’zda tutiladi.

Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko’rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo’lib qoladi.

Erkin narxlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.

Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko’zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko’zlab) chegarasini belgilanganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko’rsatganda o’z o’rniga ega bo’ladi.
Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.
c) Amal qilish doirasi (bozor ko’lami)ga ko’ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi.

Hududiy (mintaqaviy) narxlar muayyan xududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.

Milliy narxlar alohida mamlakatlar doirasida o’rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.

Jahon narxlari muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalminal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o’zida aks ettiradi.

d) Shakllanish sharoitidan kelib chiqib, erkin bozor narxlari va monopol narxlarni ajratish mumkin.


Download 27.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling