Po'latov Dilyorbek
Download 27.58 Kb.
|
iqtisodiyot nazariyasi 2-oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy monopoliyalar
Monopoliya - iqtisodiy faoliyatining biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat korsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi.
* Monopoliyalar bir qator yo’llar orqali kelib chiqadi. Bular: * Ishlab chiqarishning to’planishi * Kapitalning to’planishi va markazlashuvi. * Fan texnika taraqqiyoti. * Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo’llab-quvvatlashi. * O’zaro kelishish. Monopoliyalarning kelib chiqishi va shakllanish yollariga bog’liqligi boyicha asosiy turlarini qarab chiqamiz: Tabiiy monopoliyalar - iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlari taqozo qilib, raqobatni qullash mumkin bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan sohalarda vujudga keladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta’minoti korxonalari; Temir yo’l transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari. Iqtisodiy (sun’iy) monopoliyalar - ishlab chiqarish va kapitalning to’planishi hamda korxonalarning turli yo’llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. Iqtisodiy monopoliyalarga kartel, sindikat, trest va kontsernlarni kiritish mumkin. Kapitalning markazlashuvi va to’planishi. Kapitalning markazlashuvi bu bir nechta bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan alohida-alohida korxonalarning umumiy bitta korxona bo’lib birlashishi. Bunda asosiy maqsad daromadni orttirish, monopolia va oligopolialar yaratishdir. Kapitalning to’planishi esa har bir kompaniya o’zining yillik daromad, jamg’armalaridan faoliyatini kengaytirilishi tushuniladi. Kapital to’planishida kompaniya mustaqil rivojlanadi, markazlashuvida bir nechta kompaniyalar birlashib rivojlanadi. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko`ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun`iy monopoliyalarga bo’linadi. Tabiiy monopoliya – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlari taqozo qilib, ular raqobatni qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qiyin bo`lgan sohalarni o`z ichiga oladigan monopoliyadir. Masalan Suv, energiya, gaz ta`minoti korxonalari, Temir yo`l transporti, Harbiy – mudofaa majmuasi korxonalari. Bunday korxonalarni tashkil etish ancha murakkab bo’lgani uchun bunday sohalarda asosan davlat monopollik qiladi. Legal monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Legal monopoliyalar asosan mualliflik huquqini himoya qilish uchun joriy qilinadigan monopoliyalardir. Legal monopoliyada Patent tizimi, mualliflik huquqi, tovar belgilari kabilar qonun bilan himoya qilinib qo’yiladi. Sun`iy monpoliyalar - ishlab chiqarish va kapitalning to`planishi hamda korxonalarning turli yo`llar bilan birlashtirish natijasida vujudga keladi. Suniy monopoliyalarga asosan kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern usullari orqali birlashgan korxonalar sabab bo’ladi. Monopoliyaning ijobiy tomonlarini asosan mahsulotning sifatli bo’lishi, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirib resurslarni tejash imkoni borligi, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun kata imkoniyatlar mavjudligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Monopoliyaning salbiy tomonlariga esa resurslarning oqilona taqsimlanmasligi, daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi, iqtisodiy turg’unlik vafan texnika taraqqiyotining sekinlashishi va iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi mumkinligini misol qilishimiz mumkin. Monopoliyaga qarshi siyosat va qonunchilikda asosan xalqning manfati bilan tashkilot manfatini teng ko’rish ko’zda tutiladi. Monopol tashkilotlar o’zlarining tovarlarini normaldan ortiq narxga qo’yib, iste’molchilarning zarari evaziga foydaga ega bo’lishlarini oldini olish maqsadida davlat qonunlar yaratadi va siyosat olib boradi. Raqobat muhitining shakllanishiga erkinlik, to’siqsiz bozor va boshqa omillar ta’sir etadi. O’zbekistonda monopoliyaga qarshi kurashuvchi O’zbekiston Respublikasi Antimonooliya Qo’mitasi mavjud bo’lib, u monopol tashkilotlarni “chopish” bilan shug’ullanadi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda foydalanadilar. Monopoliya 2 turga bo’linadi: Tabiiy monopoliyalar - qo’llab-quvvatlab bo’lmaydigan yoki qiyin bo’lgan monopoliyadir, hamda suv, energetika, gaz, te’mir yo’l, havo yo’llari va harbiy mudofa tashkilotlari tabiiy monopoliyaga kiradi. Sun’iy monopoliyalar. Download 27.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling