Polietilen,polipropilen,nitron tolasi va boshqalar
To’yingan poliuglevodorodlar
Download 111.5 Kb.
|
POLIETILEN,POLIPROPILEN,NITRON TOLASI VA BOSHQALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polietilenning fizika-kimyoviy, mexanik va elektrik xossalari
To’yingan poliuglevodorodlar
Polietilen [−CH2 − CH2 − ] Poliolefin birikmalarning eng oddiy vakillaridan biri polietilen etilenni polimerlash yo’li bilan olinadi. Etilenning o’zi esa, quyidagi usullar bilan olinadi: a) tabiiy gaz, neft va uning tarkibidagi gazlardan olish. Neftni qayta ishlashda chiqadigan gazlar etilen va uning hosilalarini sintez qilishda eng arzon xom ashyo hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoatda etilen, shu usul bilan olinadi. b) etil spirtdan olish. Bu eski usul bo’lib, etil spirtni alyuminiy oksid katalizatorligida, sul’fat kislota ishtirokida 160-1800 da degidratlanadi: C2H5OH → CH2=CH2 + H2O v) asetilendan olish. Asetilenga palladiy katalizatorligida 180-2000 da vodorod biriktirib, etilen hosil qilinadi: HC≡CH + H2 → CH2 = CH2 yuqorida keltirilgan uch xil bo’yicha olingan etilenning polimerlanish xususiyati ham turlicha bo’ladi. Chunki xom ashyo tarkibida aralashmalar ham uchraydi. Bu aralashmalar oz bo;lsa ham etilenning polimerlanishiga xalal beradi. Etilenni dastlab 1884 yilda rus olimi Gustavson alyuminiy bromid ishtirokida polimerlagan. Hozir etilen bir necha usulda polimerlanadi. Turli usullarda sintez qilinganpolietilen makromolekulalarining tuzilishi, katta-kichikligi va o’zaro joylashish tartibi bilan farqlanadi, shu sababli ularning fizika-mexanikaviy xossalari ham turlicha bo’ladi. Sanoatda polietilen asosan quyidagi uch usulda ishlab chiqariladi: 1. Yuqori bosim va kislorod katalizatorligida etilenni polimerlsh 2. O’rta bosim (4 – 5 Mpa) va turli metal oksidlari katalizatorligida etilenning uglevodorodlardagi eritmasini polimerlash. 3. Atmosfera boisimi yoki past bosim (0,2 – 0,3 Mpa) da etilenni metalorganik kompleks katalizatorlar ishtirokida polimerlash. Polietilenning fizika-kimyoviy, mexanik va elektrik xossalari
Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling