"полимерлар кимёсига" кириш
Topshiriq: Polistirol-siklogeksan sistemasining fazaviy diagrammasini tahlil qiling va tushuntiring. 31-
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktivlar
Topshiriq: Polistirol-siklogeksan sistemasining fazaviy diagrammasini tahlil qiling va tushuntiring.
31- Laboratoriya ishi Polimerlarning molekulyar massasini viskozimetrik usul bilan aniqlash Ishning maqsadi: Turli xil konsentrasiyali polimer eritmalari qovushqoqligini aniqlab, molekulyar massani hisoblash. Reaktivlar: poliakrilamid, polivinilpirrolidon, polistirol, polimetilmetakrilat yoki boshqa polimerlarni (o'qituvchi tomonidan beriladi) 0,2 g/100 ml konsentrasiyali eritmalari. Jihozlar: termostat, modifikasiyalangan Ubbelode viskozimetri, sekundomer, pipetka (10 mlli), rezina naycha, rezina nok. Ishning bajarilishi: Ishning bajarilishi uchun polimer, erituvchi va harorat kitobning ilova qismida keltirilgan jadvalga asosan tanlanadi. Bu jadvalda tajriba sharoiti uchun Mark-Kun-Xauvink tenglamasining К va α qiymatlari ham keltirilgan. Avvalo toza quritilgan viskozimetrga erituvchi quyiladi va sharchaning yuqori qismigacha, naycha berkitilib turgan holda, rezina nok bilan ko'tariladi, naychaning og'zi ochilganda erituvchi sharchadan viskozimetrning pastki qismiga oqib tusha boshlaydi. Sharchaning tepasiga qo'yilgan belgidan to kapillyarning yuqori qismidan oqib o'tish vaqti 3-4 marta sekundomer yordamida o'lchanadi. Shundan so'ng toza, quritilgan viskozimetrga birinchi eritma quyiladi. Eritmaning hajmi (odatda 7-8 ml) viskozimetrning kapillyar, yuqori va pastki sharchalarining to'ulishiga etarli bo'lishi kerak. Polimer eritmasi pipetka orqali aniq o'lchanishi lozim. Birinchi quyilgan eritmani ham xuddi erituvchi bilan ishlangan tartibda 209
Olingan natijalar jadvalga yoziladi:
Topshiriq: Olingan natijalardan kel qovushqoqlikning konsentrasiyaga bog'liqlik grafigi chiziladi. Grafikdan harakteristik qovushqoqlik topiladi va Mark- Kun-Xauvink tenglamasi [ ]=КМα dan foydalanib polimerning molekulyar massasi hisoblanadi. K va α larning qiymatlari ilovada keltirilgan jadvaldan olinadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling