"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktivlar
- Ishning bajarilishi
- Vazifa
Вазифа: Poliakrilamidning gidrolizlanish reaksiyani yozing. Gidrolizgacha va gidrolizdan keyingi kimyoviy tarkiblarni taqqoslang. Olingan sopolimerning molekulyar massasini aniqlang.
Laboratoriya ishi Poliakrilamid va akrilamidning ishqoriy gidrolizi Ishning maqsadi: polimer va monomerning suvli eritmalarida ishqor ishtirokida gidrolizlanish tezligini aniqlash. Reaktivlar: poliakrilamidning suvdagi 1% eritmasi, akrilamidning suvdagi 1% eritmasi, distillangan suv, natriy gidroksidining 0,05 va 5,0 M eritmasi, xlorid kislotasining 0,1 M eritmasi. 183 Jihozlar: polimerni gidroliz qilish uchun ishlatiladigan asbob ( -rasm), elektromexanik aralashtirgich, termostat, sekundomer, uzun ignali 2 mlli shpris, shisha va kumush xlor elektrodli pH- metr, 20 mlli byuretka, 70 ml hajmli stakan, 2 mlli mikrobyuretka, 50 mlli byukslar (8 ta), 50 ml hajmli o'lchov silindri. Ishning bajarilishi: 1) poliakrilamid va akrilamidnish suvli eritmalarida ishqoriy gidroliz o'tkazish; 2) polimer va monomer namunalarining gidrolizlanish darajasini aniqlash. Poliakrilamid va akrilamidning gidrolizi 1% li eritmasini 2,5 ml 5 M natriy gidroksidi ishtirokida 2 soat davomida 50°C da olib boriladi. Olingan natijalar asosida poliakrilamid va akrilamidning gidrolizlanish egri chiziqlari bir grafikda chiziladi. Vazifa: Polimer va monomerning ishqoriy gidrolizlanish kinetik egri chiziqlarini taqqoslang. 15- Laboratoriya ishi Poliakrilamid gidrolizini ishqor va polimerning har xil konsentrasiyalarida o'rganish Ishning maqsadi: poliakrilamid gidrolizlanish tezligini ishqor va polimerning turli konsentrasiyalarida aniqlash va gidroliz reaksiyasining gidrolizlovchi agent va polimer bo'yicha tartibini topish. Reaktivlar: poliakrilamidning suvdagi 1% li eritmasi, distillangan suv, natriy gidroksidining 0,05 va 5 M eritmasi, xlorid kislotasining 0,1 M eritmasi. Jihozlar: polimerni gidroliz qilish uchun ishlatiladigan asbob, elektromexanik aralashtirgich, termostat, uzun ignali 2 mlli shpris, shisha va kumush xlorid elektrodli рН- metr, magnitli aralashtirgich, 70 ml hajmli stakan, 50 mlli byukslar (8 ta), 50 ml hajmli o'lchov silindri, 2 mlli mikrobyuretka. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling