Epoksid guruhlarini aniqlash.
Epoksid guruhlarning miqdorini topish ularni vodorod xlorid bilan reaksiyaga kirishib xlorgidrin hosil qilish xossasiga asoslangan:
Gidroxlorlash reaksiyasi olib borish uchun turli erituvchilar ishlatiladi. Atseton, piridin, xloroform bilan piridin aralashmasi, dioksan, efirlar erituvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Erituvchilar ishlatilishi oldidan obdon suvdan quritiladi.
Analitik tarozida 0,2-0,6 g atrofida tekshiriladigan polimer tortib olinadi va kolbaga solinadi. Sungra pipetka yordamida 30 ml HCl ning 0,2 n li atsetondagi eritmasi quiiladi. Kolbani probka bilan berkitilib 2,5 soat kutiladi. Reaksiya tugagach yana 10 ml atseton kolbaga quyiladi. Kolbadagi eritma aralashtirilib 0,1 n NaOH eritmasi bilan fenolftalein ishtirokida titrlanadi. Shu bilan barobar kontrol tajriba ham olib boriladi. Epoksid guruhining % miqdori quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
X = (V1 – V2) · F · 0,0043 · 100/ g
179
V1- kontrol kolbadagi eritmani titrlash uchun sarf bo'lgan 0,1n NaOH eritmasining hajmi, ml. V2- analiz qilinayotgan eritmani titrlash uchun sarf bo'lgan 0,1 n NaOH eritmasini hajmi, ml. 0,0043– 1 ml 0,1 n NaOH eritmasiga to'g'ri keladigan epoksid guruhini miqdori. g- polimerning og'irligi, g. F– tuzatish koeffisienti. 0,2 n HCl ni eritmasi toza, haydalgan 1l atsetonda 17 ml konsentrlangan HCl ni eritib tayyorlanadi.
Laboratoriya ishi
Polimetakril kislotasini ε- kaprolaktam bilan aminlash
Ishning maqsadi: polimetakril kislotasini ε– kaprolaktam bilan aminlab, metakril kislotasi bilan N-metakriloilkaprolaktam sopolimerini olish.
Reaktivlar: polimetarkil kislotasi, dimetilformamid ε- kaprolaktam, etil spirta, xlorid kislotasining 5-10 % li eritmasi, dietil efiri, kaliy gidroksidining 0,1 normalli spirtli eritmasi, fenolftalein.
Jihozlar: 250 mlli uch og'izli kolba, teskari sovutgich, 250°C li termometr, hajmi 200 mlli kimyoviy stakan (8 ta), soat shishasi (8 ta), termoregulyatorli moy hammomi, 5 mlli pipetka.
Do'stlaringiz bilan baham: |