"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
Ishning bajarilishi: 1) polimerning (ishqorning konsentrasiyasi doimiy) va ishqorning (polimerning konsentrasiyasi doimiy) turli konsentrasiyalarda poliakrilamidning ishqoriy gidrolizini o'rganish; 2) reaksion aralashma
184
Reaksion idishga poliakrilamidning 1% li eritmasidan 50 ml solib, termostat haroratini 50°C gacha ko'tariladi va shu haroratga yetgach, reaksion aralashmaga 2,5 ml 5 M natriy gidroksidi qo'shiladi va shu ondan reaksiya boshlangan hisoblanadi. Reaksiyani 2 soat davomida 50°C da olib boriladi va potensiometrik titrlash uchun 2 mldan namunalar olinadi. Birinchi namunani 5 minutdan so'ng, qolganlarini 1 soat davomida har 15 minutda va 2 soat davomida har 30 minutda olinadi. Xuddi shunga o'xshash tajribalarni gidrolizlovchi agentning turli konsentrasiyalari bilan olib boriladi. Buning uchun reaksion idishga poliakrilamidning 1% li eritmasidan ml dan solib, unga 1,5; 1,0 va 0,5 ml dan natriy gidroksidining 5 M eritmasidan qo'shiladi. Har bir tajriba natijalari jadvalga yoziladi. Olingan natijalar asosida bir grafikda poliakrilamidning gidroliz darajasini 4 xil konsentrasiyadagi gidrolizlovchi agentlar uchun kinetik o'zgarishi egri chizig'i chiziladi. Egri chiziqning boshlanish qismidan o'tkazilgan urinmaning oqish burchak tangensi gidrolizning boshlang'ich tezligi V ning qiymatini beradi. Keyin V va natriy gidroksidining konsentrasiyasi qiymatlari logarifmlanadi. Tajriba natijalari jadvalga yoziladi
Olingan natijalar asosida lgV–lg[NaOH] bog'liqlik grafigi chiziladi va hosil bo'lgan to'g'ri chizikning absissa o'qiga nisbatan burchak tangensi- natriy gidroksidi bo'yicha poliakrilamidning gidrolizlanish reaksiyasi tartibi topiladi. 185
Olingan natijalar jadvalga yoziladi
Natijalar asosida gidrolizlanish tezligining polimer konsentrasiyasiga bog'liqlik kinetik egri chizig'i grafigi chiziladi. Kinetik egri chiziqdan gidrolizning boshlang'ich tezligi topiladi, logarifmlanadi va natijalar quyidagi jadvalga yoziladi. Olingan natijalar jadvalga yoziladi
lgV–lg[ПАА] bog'liqlik grafigi chiziladi va hosil bo'lgan to'g'ri chiziqning absissa o'qiga nisbatan burchak tangensidan poliakrilamid bo'yicha reaksiya tartibi topiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling