"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet51/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Jadval.

Izotrop Atsetobutiratsellyulozaning fizik-kimyoviy, mexanik va elektrik
xossalari


O'rtacha molekulyar og'irligi

150000-250000

Solishtirma og'irligi, g/sm3

1,20-1,30

Suyuqlanish harorati, 0С

160-200

Issiqqa chidamliligi, Martens bo'yicha, 0С

40-50

Cho'zilishga mustahkamligi, kg/sm2

600-700

Nisbiy cho'ziluvchanligi, %

40-50

Qoldiq cho'ziluvchanligi, %

10-15

Elastiklik moduli, kg/sm2

2000-3000

Qattiqligi, Brinel bo'yicha, kg/sm2

7-10

Dielektrik doimiysi

2,5-3,0

Dielektrik isroflar burchak tangensi

0,002-0,003

Suvni shimishi, %

1,0-2,5

Bog'langan sirka kislota miqdori, %

40-42

Bog'langan butil kislota miqdori, %

25-26

Sirka kislota bo'yicha efirlanish darajasi,

160-165

Butil kislota bo'yicha efirlanish darajasi,

50-55



152

Parchalanish harorati, 0С

200-230

Atsetobutiratsellyuloza o'zining qator xossalari jihatidan asetatsellyulozadan ancha farq qiladi. U suvni kam shimadi, plastik, turli materiallar sirtiga yaxshi yopishadi va plastifikatorlar bilan yaxshi aralashadi. Shuning uchun undan tayyorlangan pardalar elektroizolyator sifatida ishlatiladi. Undan olingan plastmassalardan ham turli elektroizolyatorlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, atsetobutiratsellyulozadan turli laklar ham tayyorlanadi. Bu laklar suv ta'siriga yaxshi bardosh berishi, metall sirtlariga yaxshi yopishishi tufayli sanoatning turli tarmoqlarida ishlatilmoqda.




Etilsellyuloza6H7O2(OH)x(OC2H5)y]n; bu yerda y+x=3.
Etilsellyuloza sellyulozaning oddiy efirlaridan bo'lib, ishqoriy sellyuloza bilan etilxloridning o'zaro ta'sirlanishi natijasida hosil bo'ladi. Etilxlorid quyidagi usullar bilan olinadi:

  1. etil spirtdan olish. Bu usulga muvofiq etil spirt oldin gaz holdagi vodorod xlorid bilan to'yintiriladi va avtoklavga solib, rux xlorid ishtirokida qizdiriladi. Natijada etilxlorid hosil bo'ladi. Uning hosil hosil bo'lish reaksiyasi quyidagicha ifodalanadi:



CH3CH2OH + НCl CH3CH2Cl + H2O
ZnCl2



  1. etilendan olish. Sanoatda etilxlorid etilenga vodorod xlorid biriktirish bilan olinadi. Reaksiya 150-2000C da temir xlorid ishtirokida sodir bo'ladi:



CH2=CH2 + HCl CH3CH2Cl
FeCl3

Etilsellyuloza odatda yog'och sellyulozasidan olinadi. U paxta sellyulozasiga


153
nisbatan g'ovak bo'lib, kichikroq molekulyar og'irlikka ega. Shuning uchun reaksiya tezroq va bir tartibda sodir bo'ladi. Sanoatda etilsellyuloza sellyuloza va etilxloriddan quyidagicha olinadi. Oldin sellyulozani merserizasiyalab, ishqoriy sellyuloza olinadi. Buning uchun tarkibida 8-10 foiz namlik bo'lgan sellyulozaga natriy gidroksidning 50 foizli eritmasidan solib, Verner qorgichida aralashtiriladi. Odatda 1g sellyulozaga 3g ishqor eritmasi olinadi. Hosil bo'lgan ishqoriy sellyulozani avtoklavga solib, ustiga efirlovchi aralashma quyiladi. Bu aralashma 49-50% etilxlorid va 44-51% benzoldan iborat. Efirlash reaksiyasi ekzotermik reaksiya bo'lib 80-1300С harorat va 14-16 atm bosimda 10-12 soat davom etadi:




[C6H7O2(OH)3]n + СН3СH2Cl [С6Н7O2(ОН)x(C2H5)y]n
NaOH
Hosil bo'lgan etilsellyulozaning efirlanish darajasi =270-260. By reaksiyada sellyulozaning bir elementar zvenosiga 11-15 mol etilxlorid olish kerak, chunki sellyuloza efirining hosil bo'lish reaksiyasi bilan bir qatorda qo'shimcha reaksiyalar ham sodir bo'ladi. Etilxloridning ishqor bilan gidrolizlanib, etil spirt hosil qilishi va etil spirtning etil efirga aylanyshi shunday reaksiyalar jumlasidandir.
Hosil bo'lgan laksimon eritma (etilsellyulozaning organik suyuqlikdagi eritmasi) 80-1000С haroratli suvga ohista quyiladi. 1 l etilsellyuloza eritmasiga 20 l Issiq suv to'g'ri kelishi zarur. Cho'kmaga tushgan etilsellyuloza ishqor va natriy xloriddan tozalab yuviladi va vakuum ostida 1050С da quritiladi.
Etilsellyuloza oq yoki sarg'ish rangli qattiq polimer bo'lib, ko'p xossalari efirlanish darajasi va molekulyar og'irligiga bog'liq. Uning efirlanish darajasi ortgan sari erish qobiliyati ortadi, yumshash harorati esa kamayadi. U sellyulozaning boshqa efirlariga nisbatan elektr tokini kam o'tkazadi, sovuq?a va Issiqqa yaxshi bardosh beradi, ishqor va kislotalar ta'siriga bar?aror va metall, yog'och hamda gazlamalarga yaxshi yopishadi. Bundan tashqari, etilsellyuloza ko'p plastifikatorlar bilan yaxshi aralashadi. Etilsellyulozaning xossalari 30-jadvalda keltirilgan.

154



  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling