"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet48/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Nitrosellyuloza [C6 H7O2 (OH )x (ONO2 ) y ]n
Nitrosellyuloza sellyulozaning nitrat kislota bilan hosil qilgan murakkab efiri bo'lib, eng birinchi plastmassadir.
Sellyulozani nitratlashdan oldin faollash lozim. Faollash tolalardagi chigallarni yozish va sellyulozaning tarkibida atigi 1,5% nam qolguncha quritishdan iborat. Odatda, tolaning chigali turli mashinalarda yoziladi. Nitrolash uchun boshlang'ich xom ashyo sifatida paxta linti olinadi. Unga nitrolovchi aralashma, ya'ni nitrat kislota, azot oksidlari va sulfat kislota aralashmasi ta'sir ettiriladi. Reagentlarning o'zaro nisbati olinadigan nitrosellyuloza oldiga qo'yiladi'gan talabga muvofiq bo'ladi. Agar nitrosellyuloza plastmassa (sellyuloid) tayyorlash uchun mo'ljallangan bo'lsa, aralashma quyidagi nisbatda tayyorlanadi: nitrat kislota 18-21%, azot oksidlari 5 foizdan kamroq, sulfat kislota 55-60% atrofida va suv 16,5-20,0%. Tutunsiz porox olishda ishlatiladigan nitrosellyulozani hosil qilish uchun ishlatiladigan aralashmaning tarkibi: nitrat kislota 20-30%, sulfat kislota 60-70% va suv 5-10%. Bunday tarkibdagi aralashmadan oldin reaktorga 1 qism sellyulozaga 13-16 qism nitrolovchi aralashma to'g'ri keladigan qilib faqat nitrolovchi aralashma quyiladi va 35-4500C da yaxshilab qoriladi. So'ngra har 1 qism faollashtirilgan sellyuzaga 27-34 qism nitrolovchi aralashma hamda sellyuloza reaktorga birdaniga solinadi va 25 minut qoriladi. So'ngra nitrolangan sellyuloza sentrifuga yordamida nitrolovchi suyuqlikdan ajratib olinadi. Odatda, reaksiya natijasida sellyulozaning sulfoefirlari ham hosil bo'ladi, biroq bunday
143

O4 [

S

С,H2

50

35 4

C
efirlar beqarorligi tufayli parchalanib ketadi, natijada sulfat kislota hosil bo'ladi. Sulfat kislota sellyuloza va uning efirlarini destruksiyaga uchratadi. Shuning uchun ham olingan nitrosellyulozani stabillash maqsadida oldin qaynoq suv bilan yuviladi, bunda sulfoefirlar parchalanib ketadi. Endi u nitrolovchi suyuqliklardan sovuq suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi. Nitrosellyulozaning hosil bo'lish reaksiyasi quyidagicha ifodalanadi:

[C6 H7 O2 (OH)3 ]n
HNO3
6 H7 O2 (OH) x (ONO2 ) y ]n

Bunda x+u=3 bo'lib, uning qiymati nitrolovchi aralashmadagi nitrat kislotaning miqdoriga bog'liq. Odatda nitrosellyuloza nam holda saqlanadi va uzoq masofalarga jo'natiladi. Uydagi namlik 30 foizgacha bo'ladi. Uning tarkibidagi suv xalaQit bergan vaqtda darxol spirt bilan yuvib tashlanadi. QuruQ nitrosellyuloza shiddatli yonish va portlash xususiyatiga ega bo'lib, uni saqlash va ishlatish qiyin. Shuning uchun uni saqlash va ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish talab qilinadi.
Sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan nitrosellyuloza azot miqdori va efirlanish darajasiga qarab, bir necha xilga bo'linadi. Masalan, tutunsiz porox olish uchun efirlanish darajasi ( )250-270 va tarkibida 11,5-14,5% azot bo'lgan nitrosellyuloza, sun'iy tola va kinolenta tayyorlash uchun efirlanish darajasi 200-
240 va tarkibida 11,0-12,3% azot bo'lgan nitrosellyuloza, plastmassalar (sellyuloid) tayyorlash uchun esa efirlanish darajasi 180-200 va tarkibida 10,5-11,0
% azot bo'lgan nitrosellyuloza ishlatiladi.
Nitrosellyuloza oq tolasimon yengil polimer bo'lib, aseton, spirt, etilasetat kabi suyuqliklarda yaxshi eriydi. U mexanik xossalari hamda suvni shimmasligi jihatidan sellyulozaning boshqa efirlaridan ancha ustun turadi, lekin nitrosellyulozaning asosiy kamchiligi uning yonuvchanligidir. Oxirgi vaqtda nitrosellyuloza qo'llanadigan ko'pchilik sohalarda, jumladan, kinolenta, tola, lak tayyorlashda sellyulozaning boshqa efirlari ishlatilmoqda.
144

Hozirgi vaqtda nitrosellyulozadan, asosan, tutunsiz porox va plastmassalar tayyorlanadi. Sellyuloid boshqa plastmassalarga nisbatan ancha arzon va tashqi ko'rinishi jihatidan ham chiroylidir. Sellyuloiddan turli shakl va hajmdagi listlar, turlidiametr va uzunlikdagi trubalar, o'lchov asboblarida ishlatiladigan sinmaydigan oynalar, hisoblash mashinalarining mexanizmlari, shkalalar, o'yinchoqlar, galantereya buyumlari va muzika asboblarining qismlari tayyorlanadi.
Nitrosellyulozadan a'lo sifatli laklar ham tayyorlanadi. Uning ba'zi muhim xossalari 27-jadvalda keltipilgan.


  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling