QISM: SINTETIK POLIMERLARNI OLINISHI
I. BOB. RADIKAL POLIMERLANISH REAKSIYALARI
Radikal polimerlanish: uni juftlashmagan elektroni bor bo`lgan va erkin radikal deb ataluvchi zarrachalar boshlab beradi. Radikallar faol zarrachalar bo`lib juda ko`p moddalarning molekulalari, jumladan monomerlarning molekulalari bilan birikib zanjirsimon polimerlanish reaksiyani boshlab yuboradi.
Erkin radikallarni monomerlarni ultrabinafsha yoki - nurlar bilan nurlantirib, yoki monomerni o`zini qizdirib termik usulda olinadi, ammo ko`pincha nomustahkam inisiator deb ataluvchi moddalarni monomerga yoki monomer eritmasiga qo`shib va parchalab (ozgina qizdirish bilan) olinadi. Laboratoriya va sanoatda nomustahkam azo (—N=N—) guruh tutgan azobisizobutironitril va peroksid (—О —О —) guruhi tutgan benzoil peroksid kabi inisiatorlar ko`p ishlatiladi. Qizdirilganda ular gomolitik parchalanishga uchrab har-bir molekulasi ikkita erkin radikal hosil qiladi:
azobisizobutironitril:
17
benzoil peroksidi:
Inisiator molekulasini J, hosil bo`lgan erkin radikalni Ri* bilan belgilasak inisatorning parchalanish reaksiyasi:
Kn
2
bu yerda Кp- parchalanish doimiysi.
Inisiatorning parchalanish doimiysi muhit va haroratga, faollanish energiyasi (E) esa faqat muhitga bog`liq (jadvalga qarang).
Jadval.
Inisiatorning parchalanish doimiysini muhit va haroratga bog’liqligi
-
Do'stlaringiz bilan baham: |