"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
Polimerlar erishining termodinamik omillari
Polimerlar eruvchanligini termodinamik qonuniyatlari asosida aytib berish mumkin. Yuqorida aytilganidek o`z-o`zicha erish izobar-izotermik potensialning kamayishi bilan boradi (ΔG 0), Polimerlar eruvchanligini termodinamik qonuniyatlari asosida aytib berish mumkin. Yuqorida aytilganidek o`z-o`zicha erish izobar-izotermik potensialning kamayishi bilan boradi ΔН va ΔS larning ma'lum nisbatlarida kuzatilishi mumkin. Yuqori elastik polimerlar eriganida ΔН>0 va ΔS>0 bo`ladi. ТΔS>ΔН bo`lganligi uchun ΔG 0 bo`ladi. Shu sababli yukori elastik polimerlar qutbsiz erituvchilarda cheksiz eriydi. Ularning erishiga zanjirning bukiluvchanligi sabab bo`ladi, chunki bukiluvchan zanjirlar erkin bo`laklari (segmentlari) bilan harakat qilib eritmaga diffuziyalanadi, bu esa entropiyaning ortishiga olib keladi. G`ovak molekulyar tuzilishga ega bo`lgan shiishasimon polimerlarda erish ekzotermik bo`ladi, ya'ni ΔН 0 va ΔS>0. Agar [ΔН]>[TΔS] bo`lsa erish sodir bo`ladi (polistirol mo`l erituvchida, polimetilmetakrilat dixloretanda). [ΔН] [TΔS] bo`lganda esa, chekli bo`kish sodir bo`ladi (sellyuloza suvda, agar-agar suvda va h.k.). Zanjirlari tartibli zich joylashgan shishasimon polimerlarda aksincha holat kuzatiladi. Bunday polimerlar quyimolekulyar suyuqliklarda issiqlik yutish bilan eriydilar (ya'ni ΔН>0). Entropiya o`zgarishi ham juda oz bo`ladi. Shuning uchun [TΔS]<[ΔН] va ΔG>0 bo`lganligi uchun erish o`z-o`zicha bormaydi va polimer chekli bo`kadi. Bunday holat, ayniqsa kristall polimerlarda yaqqol kuzatiladi va ular faqattina ΔН 0 va [ΔН]>[TΔS] bo`lgandagina erish qobiliyatiga ega bo`ladi. Undan tashqari, molekulyar massa ortishi bilan yuqori elastik polimerlarda ΔН o`zgarmaydi, ΔS esa kamayib boradi. Shishasimon polimerlarda esa, erish jarayonida molekulyar massa ortishi bilan ΔН va ΔS kamayishi ortadi, shuning uchun ΔS kamayishi tezroq sodir bo`ladi va ΔG ning kamayishi kamroq bo`ladi. Bu esa yuqorimolekulyar polimer gomologlarning erishi termodinamik jihatdan foydasiz bo`lishini va quyimolekulyar polimerlarning yuqorimolekulyar 84 polimerlarga qaraganda osonroq erishining sababini tushuntiradi va makromolekulalarni fraksiyalash yordamida ajratishga yordam beradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling