"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet50/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Jadval.

Izotrop atsetilsellyulozaning fizik-kimyoviy, mexanik va elektrik
xossalari



Atsetilsellyuolozaning xossalari

Triatsetilsellyuloza

Ikkilamchi
atsetilsellyuloza

O'rtacha molekulyar og'irligi

200000-400000

200000-400000

Kristallarining suyuqlanish harorati, 0С

200

-

Solishtirma og'irligi, g/sm 3

1,29-1,30

1,35-1,38

Suyuqlanish harorati, 0С

270-290

230-240

Parchalanish harorati, 0С

250

250

Issiqqa chidamliligi, 0С

200

200

Cho'zilishga mustahkamligi, kg/sm2

500-700

400-500

Nisbiy cho'ziluvchanligi, %

15-25

40-50

Elastiklik moduli, kg/sm2

15000-20000

10000-15000

149


Qattiqligi, Brinel bo'yicha, kg/sm2

20-30

10-15

Dielektrik doimiysi

2,1-2,5

3,5-7,5

Dielektrik isroflar burchak tangensi

0,002-0,003

0,02-0,06

Efirlanish darajasi,

300

240-260

Bog'langan sirka kislota miqdori, %

62,5

54-56



Triatsetilsellyuloza fizik-mexanik xossalari jihatidan ikkilamchi atsetilsellyulozadan ancha yuqori turadi. Triatsetilsellyuloza suvga chidamli hamda yaxshi dielektrik xossalarga ega. Shuning uchun ham u elektrotexnika sanoatida keng ishlatiladi.
Odatda, tola olishda =240-260, plastmassalar olishda =220-250 va kinoplyonkalar olishda =250-270 bo'lgan atsetilsellyuloza efirlari ishlatiladi.
Shuni ham aytish kerakki, atsetilsellyulozaning ko'p xossalari uning olinish
usuliga ham bog'liq. Triatsetilsellyulozani gidrolizlab olingan ikkilamchi atsetilsellyuloza ( =220-250) asetonda yaxshi eriydi. Lekin sellyulozani geterogen usulda asetillab olingan atsetilsellyuloza ( =220-250), asetonda aslo erimaydi. Gomogen usulda olingan ikkilamchi atsetilsellyulozaning makromolekulasi tarkibida asetil guruhlarning taqsimlanishi va joylashishi bir tekisda bo'lsa, geterogen usulda olingan efirda asetil guruhlarning polimer zanjiri bo'ylab taqsimlanishi butunlay boshqacha bo'ladi, ya'ni makromolekulaning ba'zi qismlaridagi gidroksil guruhlarning hammasi asetil guruhlarga o'rin almashgan, ba'zi qismlaridagi gidroksil guruhlar esa deyarli almashmay qolgan bo'ladi. Shu sababli bunday efirlar asetonda erimaydi.


Atsetobutiratsellyuloza 6H7O2(OH)x(OCOCH3)y(OCOC3H7)z]n; bu yerda z+x+y=3.
Atsetobutiratsellyuloza sellyulozaning sirka va yog' (butil) kislotalar bilan hosil qilgan aralash efiridir. Butil kislota kraxmal, qand, gliserinlarning turli bakteriyalar ta'sirida achishidan hosil bo'ladi. Butil kislota angidridi ham sirka kislota angidridi kabi kislotaga turli suv yutuvchi birikmalar ta'sir ettirib olinadi.
150
Atsetobutiratsellyuloza olishda ham metilenxlorid erituvchi sifatida ishlatiladi, lekin bu reaksion muhitda ikki organik kislota ishtirok qilgani uchun reaksiya sharoiti asetillash sharoitidan farq qiladi.
Sellyuloza efirlash oldidan sirka kislota bilan faollanadi. Buning uchun 1 g sellyulozaga 0,5 g sirka kislota qo'shib, 40-500C da 2 soat aralashtiriladi. Atsetobutiratsellyuloza uch bosqichda olinadi. Oldin reaktorga faollangan sellyuloza solinadi va uning ustiga metilen xlorid, butil angidrid va perxlorat kislotadan iborat 150С haroratdagi aralashma qo'shiladi. Aralashmaning tarkibida 275 qism metilen xlorid, 145 qism butilangidrid va 0,15 qism perxlorat kislota (katalizator) bo'ladi. 100 qism sellyulozaga bu aralashmadan 167 qism qo'shiladi. Aralashma 15-170С da 2 soat qorishtiriladi. So'ngra unga tarkibida 100 qism metilenxlorid, 175 qism butil angidrid va 0,15 qism perxlorat kislota bo'lgan aralashmadan yana 183 qism qo'shiladi va qorish davom ettiriladi, 3 soat o'tgach, reaksion aralashma 5-80С gacha sovitiladi va 105 qism yangi aralashma (aralashmaning tarkibi: 100 qism metilenxlorid, 50 qism butil angidrid, 0,23 qism perxlorat kislota va 75 qism sirka angidrid) qo'shiladi, so'ngra reaksion aralashma 35-400C gacha qizdiriladi va sellyuloza tolalari erib, qiyomsimon aralashma hosil bo'lguncha qorishtirish davom ettiriladi. Odatda, reaksiyaning uchala bosqichi 10-
11 soat davom etadi. Bu xil atsetillashning reaksiya tanglamasi quyidagicha ifodalanadi:



[C6H7O2(OH)3]n + (СН3СО)2O + (C3H7CO)2O
6Н7O2(ОСОСН3)x(OCOC3H7)y]n
35-400C

HClO4



Hosil bo'lgan triefirning xossalarini yaxshilash maqsadida qisman gidrolizlanadi. Bu jarayon 60 foizli sirka kislota ishtirokida 20-250С da olib boriladi. Gidroliz tamomlangandan keyin eritmadagi metilenxlorid bug'latiladi va sovuq suv qo'shish bilan atsetobutiratsellyuloza cho'ktiriladi. Hosil bo'lgan tola

151


holdagi efir suv bilan yaxshilab yuviladi quritiladi. Qisman gidrolizlangan atsetobutiratsellyulozaning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:

6H7O2(OH)x(OCOCH3)y(OCOC3H7)z]n


Pardalar tayyorlash uchun ishlatiladigan atsetobutiratsellyulozada у=1,64; х=0,53; z=0,83 bo'lsa plastmassalarga ishlatiladigan efirda у=0,81; z=0,55; х=0,64 bo'ladi.


Atsetobutiratsellyulozaning muhim xossalari 29-jadvalda keltirilgan.


  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling