"полимерлар кимёсига" кириш
VII-BOB. O'ZBEKISTONDA POLIMERLAR VA ULAR ASOSIDAGI
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
7.1. Poliakrilonitril [-CH2-CHCN-]n. Poliakrilonitril akrilonitrilni polimerlash natijasida hosil bo'ladi. * Asqarov M.A., Ismoilov I.I. Polimerlar kimyosi va fizikasi, T.: O'zbekiston, 2004. Akrilonitrilning o'zi esa amalda turli usullarda sintez qilinadi: etilensiangidringa suvni kuchli darajada tortib oluvchi fosfor (V)-oksid kabi moddalar ta'sir ettirilsa, akrilonitril hosil bo'ladi: 2500 C HOCH2CH2CN CH2=CHCN P2O5 agar asetilenga mis (I)-xlorid katalizatorligida va bosim ostida sianid kislota biriktirilsa, u akrilonitrilga aylanadi: 900 C CH CH + HCN CH2=CHCN Cu2Cl2 Lekin sianid kislota kuchli zahar bo'lgani uchun bu usuldan sanoatda juda kam foydalaniladi; propilen va ammiak asosida ham akrilonitril sintez qilish mumkin. Bu usulga muvofiq, propilen va ammiak aralashmasi turli katalizatorlar ishtirokida oksidlanadi. Natijada quyidagi reaksiya bo'yicha akrilonitril hosil bo'ladi: O2 CH2=CH-CH3 + NH3 CH2=CHCN + H2O 157
Akrilonitrilning suvdagi emulsiyasiga benzoil peroksid qo'shib, 500С atrofida isitilsa ham poliakrilonitril hosil bo'ladi. Reaksiyada emulgatorlar sifatida turli sovunlar, natriy stearat va yuqori molekulyar spirtlarning sulfoefirlaridan foydalanish mumkin. Agar akrilonitril turli organik peroksidlar ishtirokida 70-1000С atrofida blokda isitilsa, juda tez polimerlanib, reaksiya 20-30 minutda tugaydi. Reaksiyaga olingan inisiator miqdori monomer miqdorining 1 foizdan ortiq bo'lsa, polimerlanish paytida portlash yuz berishi ham mumkin. Bu usullardan tashqari, akrilonitrilni har xil nurlar ta'sir ettirib ham polimerlash mumkin. Agar unga 0,1 foiz miqdorda diasetil benzilglioksal kabi birikmalar qo'shib, simob lampasi yoki quyosh nuriga tutilsa, poliakrilonitril hosil bo'ladi. Poliakrilonitril oq va qattiq polimer bo'lib, ba'zi erituvchilardagina eriydi. Uning molekulyar og'irligi 80000 bilan 250000 orasida bo'ladi. Bu polimer faqat dimetilformamid, 1,2-disianetan, dimetilsianamid kabi erituvchilarda va rux xlorid, litiy bromid, natriy rodanid kabi tuzlarning konsentrlangan eritmalarida eriydi. Poliakrilonitril oddiy sharoitda amorf va shishasimon polimer bo'lib, qizdirilganda ham yuqori elastik holatga o'tmaydi. Chunki poliakrilonitrilning yumshash harorati parchalanish haroratidan ancha yuqoridir. U 300-3500 S atrofida parchalanib, turli gazsimon moddalar hosil qiladi. Poliakrilonitrildan sanoatda, asosan, sun'iy jun tolalar olinadi. Bu tolalar sifat jihatidan tabiiy jun tolasidan afzal turadi. Bundan tashqari, akrilonitril butadien, metilmetakrilat, akrolein, akril kislota, stirol kabi vinil monomerlar bilan sopolimerlanadi. Bu sopolimerlar Issiqqa, turli organik suyuqliklar (ayniqsa, benzin va yog'lar) ga chidamliligi tufayli texnikada keng ko'lamda ishlatiladi. Uning butadien bilan olingan sopolimeri sun'iy kauchuklar 158
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling