"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø
7.8. Поливинилхлорид [-CH2-CHCl-]n.
Polivinilxlorid vinilxloridni polimerlash natijasida hosil bo'ladi. Vinilxlorid quyidagi usullar bilan olinadi: Cl NN l Cu C C asetilenga turli katalizatorlar ishtirokida vodorod xlorid biriktirilsa vinilxlorid hosil bo'ladi. Reaksiyani gaz yoki suyuq fazada olib borish mumkin. Buning uchun oldin katalizatorlarni xlorid kislotada eritib, eritmadan asetilen o'tkaziladi. Katalizator sifatida mis monoxlorid va ammoniy xlorid yoki simob, mis va qalay xloridlar aralashmalari ishlatiladi. Reaksiya 65-1000С haroratda olib boriladi: C СH H HCl 2 2 , 4 H 2 CHCl O Al C simmetrik dixloretanni turli katalizatorlar ishtirokida degidroxlorlansa ham vinilxlorid hosil bo'ladi. Reaksiya 800-10000C trofida alyuminiy oksid, kaolin, pemza kabi moddalar katalizatorligida olib boriladi. Agar katalizator sifatida faollangan ko'mir olinsa, dixloretan 250-3500С da degidroxlorlanadi: C СH 2Cl H 2Cl 2 3 H2 CHCl HCL Polimerlash uchun ishlatiladigan vinilxloridga boshqa gazlar aralashmagan bo'lishi va u azot atmosferasida saqlanishi kerak. Vinilxlorid oddiy sharoitda rangsiz, xushbo'y hidli gaz bo'lib, -140С da suyuqlikka aylanadi va -1150С da qotadi. Vinilxlorid yorug'lik, ultrabinafsha nur ta'sirida qizdirilganda, katalizatorlar va inisiatorlar ishtirokida oson polimerlanib polivinilxloridga aylanadi. Sanoatda vinilxlorid emulsiyada turli inisiatorlar ishtirokida polimerlanadi. Inisiatorlar sifatida turli peroksidlar, ozon va kislorod ishlatiladi. Buning uchun 165
monomerni metanol, dioksan, benzol, Atseton kabi suyuqliklarda eritib, reaktorga solinadi. Olingan suyuqlikda monomer yaxshi erishi, polivinilxlorid esa erimasligi shapt. So'ngra eritmaga benzoil peroksid qo'shib, aralashma 10-600С da isitiladi. Natijada vinilxlorid polimerlanib, kukun holidagi polimer reaktor tubiga cho'kadi. Vinilxloridni emulsion polimerlash ayniqsa katta ahamiyatga ega. Chunki bunda monomer tezda polimerlanib, molekulyar og'irligi katta polimer hosil bo'ladi. Bundan tashqari, bu usulda olingan polivinilxlorid lateks holida bo'lib, uni shu holida qayta ishlash mumkin. Emulsion polimerlash ham 40-500C a turli peroksidlar ishtirokida olib boriladi, bunda emulgator sifatida sovunlar ishlatiladi. Polivinilxlorid oq yoki sarg'ish qattiq polimer bo'lib, kristallana olmaydi. U alanga ta'sirida suyuqlanmaydi va yonmaydi, balki parchalanadi. Polivinilxloridning ko'pgina xossalari 15-jadvalda keltirilgan. Polivinilxlorid oddiy sharoitda organik erituvchilarda erimaydi. Faqat 800С dan yuqori haroratda benzol, xlorbenzol, ba'zi ketonlar va efirlarda eriydi. Oddiy haroratda u konsentrlangan sulfat kislota, suyultirilgan nitrat kislota va 20 foizli ishqor eritmalari ta'siriga yaxshi bardosh beradi, lekin quyosh nuri va Issiqlik ta'siriga chidamli emas. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling