Polisaxaridlar va turlari va tuzilishi Bajardi: 112-17 ood


Polisaxaridlar juda katta molekulyar massaga ega. Ular yuqori molekulyar moddalar uchun xos bo‘lgan birlamchi va ikkilamchi tuzilishga ega. Agar polisaxarid


Download 8.25 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi8.25 Kb.
#239502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Polisaxaridlar va turlari va tuzilishi Bajardi 112-17 ood-hozir.org

Polisaxaridlar juda katta molekulyar massaga ega. Ular yuqori molekulyar moddalar uchun xos bo‘lgan birlamchi va ikkilamchi tuzilishga ega. Agar polisaxaridlarning birlamchi tuzilishi monosaxarid qoldiqlarining ma’lum ketma-ketlikda joylashganligini ko‘rsatsa ikkilamchi tuzilishi makromalekula zanjirining fazaviy joylalishini ko‘rsatadi.

Polisaxaridlar zanjiri shoxlangan yoki shoxlanmagan bo‘lishi mumkin.

Yuqori polisaxaridlar ikkita katta guruhga bo‘linadi. Gomopolisaxalar va geteropolisaxaridlar. Gomopolisaxaridlar bir xil monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan ularga kraxmal, glikogen, sellyuloza va dekstranlar kiradi.

Geteropolisaxaridlar har xil monosaxaridlar yoki ularning hosilalaridan tashkil topgan. Geteropolisaxaridlarga ko‘pchilik hayvonlar va bakteriyalardan olinadigan polisaxaridlar kiradi, ular nisbatan kam o‘rganilgan, biroq ular organizmda muhim biologik rol o‘ynaydi. Geteropolisaxaridlar organizmda oqsillar bilan bog‘lanib, murakkab komplekslar hosil qiladi.

Polisaxaridlardan bo‘lgan kraxmal, shilliq moddalar, daraxt elimlarlari, va pektin moddalari tibbiyotda xamda farmatsevtika soxasida ishlatiladi.


Download 8.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling