Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o'rganilish darajasi. Taniqli
fol’klorshunos olim M. Afzalov, K. Imomov o’zbek xalq ertaklarini turli
jihatlarini o’rganib, uning nazariy va janriy xususiyatlarini qat’iy belgilab bergan bo’lsalar, chet el adiblaridan bu haqda A.M.Gor’kiy , E.Teylor o'zining qadrli fikrlarini bayon etganlar. Lekin, ertaklar yordamida hayvonlar olami bilan o'quvchilarni tanishtirish, ertakdagi ramziy obrazlar orqali yoshkitobxonga estetik ta’sir ko’rsatishning yo'llari unchalik o'rganilmagan. Qolaversa, boshlang'ich sinf o'quvchilariga ertak janrni o’tishda noan’anaviy usullardan foydalanish metodik jihatdan o’rganilmagan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ertak janrining asosiy xususiyatlaridan biri uning xalq hayoti, kurashi, tarixi, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog'langanligi va insonlarga axloqiy hamda ma’naviy tarbiya berilishidir. Ma'lumki, ertak ko'ngilxushi yoki ermak emas, balki ertak orqali atrof-muhit, tabiat bilan tanishtirilishi,zehn,fikr o'tkirligini sinash quroli hamdir. Ertaklar xalq og'zaki ijodi bolalarni ezgulikka, mehnatsevarlikka o'rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir. Har bir ertak uni yaratgan xalqning hayoti,urf-odati, o'ziga xos rasm-rusumlari bilan bog'liq bo'lib,bolalar o'rtasida keng tarqalgan.
Malakaviy bitiruv ishining maqsadi o'qish darslarida o'quvchilarni ertaklar vositasida hayvonot olami va ezgulik va yovuzlikni farqlash yo'llarini o'rgatishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Ishning asosiy maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi.
ertaklar vositasida bolalarni hayvonot olamining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
hayvonlar haqidagi va sehrli-fantastik ertaklarning boshqa ertak turlaridan farqini ko'rsatib berish;
ertaklarninig kelib chiqishida epik an'analarning ta'sirini o'rganish;
hayvonlar haqidagi ertaklarning mavzuiy turlarini tasnif qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |