Po’lotova madina baraka qizi


Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 287.66 Kb.
bet4/19
Sana26.03.2023
Hajmi287.66 Kb.
#1297604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4- sinf oqish darslarida xalq ertaklarini orgatish usullari

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ishning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda boshlang'ich sinflarda o'qish darslarida ertaklar vositasida hayvonot olami sehr- jodu, ezgulik va yovuzlik kabi vositalar bilan tanishtirishning yo'llarini o'quvchilarga hikoya sifatida maxsus o'rgatish haqida tayanch maslahatlar berilgan, ertak janri nazariyasi va badiiy xususiyatlari o’rganilgan. Bu orqali boshlang’ich ta’limda o’qish darsida yangicha usulda zamonaviy darslar o’tish metodologiyalari izohlab berilgan.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ish jarayonida ishlab chiqilgan umumpedagogik va metodik tavsiyalardan boshlang'ich ta'lim tizimini takomillashtirishda, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishda, shuningdek, oila, maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining hamkorlikda o'quvchilarning aqliy mehnat faoliyatlarini tashkil etishga qaratilgan ta'limiy va tarbiyaviy tadbirlarda keng foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari va metodi. Ishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma'naviy-ma'rifiy g'oyalari, ’’Ta'lim to'g'risida’’gi qonun, ’’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’, umumiy o'rta ta'lim Davlat ta'lim standartlari hamda Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, pedagogika va metodika fanlarining xulosalari umumlashtirildi.
Bitiruv malakaviy ishinida mavzuga oid adabiyotlar tahlili,so'rovnoma,ona tili va o'qish ta'limni didaktik loyihalash,tizimli va qiyosiy tahlil,pedagogik eksperiment usullaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishning joriylanishi. Ish Buxoro davlat universiteti “Boshlang'ich ta'lim” kafedrasida bajarildi.
Bitiruv malakaviy ishning manbai va tarkibiy tuzilishi. Ushbu malakaviy bitiruv ishini yozishda Buxoro shahridagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida tajriba sinov ishlari olib borildi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Ish kirish, 2 bob, 5 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.

Download 287.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling