«Achchiq» ketchup. Resept: 3 kg pomidor, 500 g piyoz, 300-400 g shakar, 2 osh qoshiq
xantal, 300-400 ml 9% li sirka, 2-3 dona lavr bargi, 5-6 dona tuyilmagan murch, 3-4 dona archa
(mojjevelnik) urug’i, tuz (ta’bga ko’ra).
Tayyorlash: Pomidorlar to’g’raladi,
maydalanadi, qopqog’i berk kostryulkada o’rtacha
olovda biroz qaynatilib, elakdan ishqalab o’tkaziladi. Sirka qizdiriladi, unga ziravorlar solinadi,
qaynashgacha
etkaziladi, so’ngra sovitilib pomidor pyuresiga quyiladi. Massa past olovda 20
daqiqa
qaynatiladi, shakar, tuz, xantal bilan ta’mi rostlanadi va yana 10
daqiqa pishiriladi va
sterillangan bonkaga joylanib yopiladi.
«Shirin» ketchup. Resept: 3 kg pomidor, 500 g piyoz,
10-15 dona yirik sarimsoq bo’lakchalari, 1
stakan shakar, 1
osh qoshiq tuz, 10 dona etli shirin qalampir, 1-3 dona achchiq
qalampir.
Tayyorlash: Pomidor,
shirin va achchiq qalampir
maydalanadi (go’sht qiymalagichda), kostryulkaga solinib, tuz
va shakar qo’shiladi va olovga qo’yiladi.
Qaynab chiqqach,
olov pasaytirilib, 40 daqiqa qaynatiladi. Qaynash tugashiga 10
daqiqa
qolganda
qiymalagichdan
chiqarilgan
sarimsoq
qo’shiladi. So’ngra qaynoq
massa sterillangan bankaga
joylanib yopiladi.