Popul yatsi yalarekologi ya s I


Download 364.94 Kb.
bet3/24
Sana10.11.2023
Hajmi364.94 Kb.
#1765026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Amaliy mashg`ulot populyatsiya

Dars o’tish vositalari: o’quv va uslubiy qo’llanmalar, turli organizm populyasiyasi soni va zichligi ko’rsatilgan jadval, ish daftari, metr o’lchagich, 1m2 yoki 0,5m2 yuzali to’rtburchak ramka, penset, mikrokalkulyator. Ishning bir qismi dala sharoitida bajariladi.
Dars o’tish usullari: dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu boyicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo’lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.


Darsning borishi:
1.1. Populyasiya soni va zichligi haqida nazariy ma’lumotlar.
Populyasiya soni deganda mazkur populyasiyadagi individlarning umumiy soni tushuniladi. Tabiatdagi populyasiyalarda individlar sonini aniqlash juda qiyin. Ko’pchilik hollarda populyasiya soni oddiy sanash yo’li bilan aniqlanadi. Ba’zan populyasiya sonini aniqlashda individlarga belgi qoyish usuli qo’llaniladi.
Ko’pchilik hollarda populyasiyadagi individlarning umumiy sonini aniqlash imkoniyatlari bo’lmaydi. Shuning uchun alohida namunalar olinib, bu namunadagi individlar soni aniqlanadi. Bunday holatlarda aniqlanadigan kattalik populyasiya soni emas, balki populyasiyaning zichligidir, Populyasiya zichligi - maydon birligidagi individlar sonidir. Har bir guruh organizm uchun zichlikning o’ziga xos baholash va ifodalash usullari mavjud. Masalan, o’tchil o’simliklar populyasiyasining zichligi turtburchak yoki aylana ramkalar yordamida o’lchanadi. Bunda ramka yerga o’rnatilib, uning ichidagi o’simliklar sanaladi. Bentos organizmlar maxsus cho’michlar bilan suv tubi loyqasining ma’lum yuzasini kesib olib sanaladi. Plangton organizmlar zichligi esa plangton setkalar bilan yoki batometr yordamida ma’lum hajmdagi suvni olib aniqlanadi. Quruqlik va bentos o’simlik va hayvonlarning zichligi ko’pincha maydon birligidagi organizmlar sonida ifodalanadi. Plangton organizmlar zichligi esa hajm birligidagi yoki yuza birligidagi organizmlar soni bilan ifodalanadi.
Ba’zan populyasiya zichligi ma’lum yo’nalish boyicha organizmlarning uchrash soni bilan o’lchanadi. Masalan, qushlarni zichligi yoki qishda sut emizuvchilarning qordagi iziga qarab zichligi aniqlanadi. Ba’zi hollarda populyasiya zichligi bilvosita yo’llar bilan aniqlanadi, ya’ni zichlik bilan bog’liq ko’rsatkichlar orqali. Masalan, baliqlar zichligini ovning hajmiga qarab o’lchash, hayvon zichligini bir yilda tayyorlov sexiga topshirilgan moyna miqdoriga qarab aniqlash yoki tutqichlarga tushgan organizmlar soniga qarab zichlikni aniqlash va hokazo.

Download 364.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling