Porshenli ichki yonuv dvigatellarining parametrlari
Aralash usulda, ya’ni (V=const) va (P=const) issiqlik beriladigan dvigatellarning nazariy sikllari
Download 0.97 Mb.
|
PORSHENLI ICHKI YONUV DVIGATELLARINING PARAMETRLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash usulda va o’zgarmas hajmda issiqlik berilganda termik f.i.k. ɳ t va Ɛ orasidagi bog’lanish
Aralash usulda, ya’ni (V=const) va (P=const) issiqlik beriladigan dvigatellarning nazariy sikllari.
A ralash usulda beriladigan sikl grafigi ρ va V koordanatalarida 21-rasmda keltirilgan. Ushbu siklda ma’lum miqdordagi Q`1 issiqlik cz jarayonida o’zgarmas hajmda berilsa, Q``1 miqdordagi issiqlik zz` jarayonida o’zgarmas bosimda beriladi. 22- rasm. Issiqlik aralash usul bilan beriladigan sikl 23-rasm. Aralash usul bilan issiqlik beriladigan siklda ɳt bilan λ orasidagi bog’lanish grafigi. Quyidagi 1-jadvalda dvigatelga aralash usulda va o’zgarmas hajmda issiqlik berilganda ɳt bilan Ɛ orasidagi bog’lanishni ifodalovchima’lumotlar berilgan [Kd ].
Aralash usulda va o’zgarmas hajmda issiqlik berilganda termik f.i.k. ɳt va Ɛ orasidagi bog’lanish Agar 1-jadvalga e’tibor qaratib, sikllarni qiyoslasak termik f.i.k ɳt o’zgarmas hajmda issiqlik berilganda eng yuqori qiymatga ega bo’lar ekan. Lekin amalda Ɛ bunday yuqori qiymatga ega bo’lgan benzinli dvigateldan foydalanishning iloji yo’q, chunki Ɛ qiymati 10 dan yuqori bo’lganda detonatsiyali yonish holati paydo bo’lib, dvigatel ishiga qattiq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aralash usulda issiqlik beriladigan sikllarga yaqin bo’lgan jarayonlar tezyurar dizellar uchun mos keladi, chunki bu dvigatellarning siqish darajasi baland bo’ladi (Ɛ=16-25).Shuning uchun ham dizellarda benzinli dvigatellarga nisbatan termik f.i.k.ning qiymati yuqori boladi. Issiqlik aralash usulda berilganda bosimning ko’tarilish darajasi λ ortishi bilan ɳt ning qiymati ham ma’lum chegaragacha ortib boradi (22-rasm). Hisob ishlarida hozirgi zamonaviy tezyurar dizellar uchun λ ning qiymatlari λ=1,2…3,0 kengayishning o’zgarish darajasi ρ=1,4…2,2 qabul qilinadi. Issiqlik aralash usulda beriladigan siklning o’rtacha bosimi boshlang’ich bosim Pa, siqish darajasi Ɛ va termik f.i.k. ɳt ga bog’liq bo’lib, ularning qiymati ortishi bilan Pцning qiymatlari ham ortib boradi. Nazorat savollari IYoD nazariy sikllari haqida umumiy tushuncalarni yoriting. IYoD nazariy va xaqiqiy sikllar orasidai farqlarni tushuntiring. Issiqlikning termik foydali ish koeffisienti f.i.k.haqida tushuncha beriing. Siklning nisbiy ishini tushuntiring. Issiqlik o’zgarmas bosimda beriladigan siklni yoriting (diagramma yordamida). V= const bo’lgandagi siklning termik f.i.k.ni tushuntiring Issiqlik o’zgarmas bosimda beriladigan siklni tushuntiring. O’zgarmas bosimda beriladigan issiqlikning termik f.i.k. va siklning o’rtacha bosimini tushuntiring. Aralash usulda issiqlik beriladigan siklni tushuntiring. Siqish darajasi Ɛ termik f.i.k. va bosim ortib boorish darajasini λ, dastlabki kengayish darajasi ρ tushuntiring. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling