Porshenli va plunjerli nasoslar reja


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana25.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1120749
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14 маъруза

14.5. Porshenli kompressorlar 
 
Porshenli kompressorlar siqish darajasiga qarab bir va ko’p bosqichli, shuningdek ishlatish 
printsipiga ko’ra bir va ikki tomonlama harakat qiluvchi bo’ladi. 
Bir bosqichli porshenli kompressorning tuzilishi xuddi porshenli nasosning tuzilishiga o’xshash 
(14.4-rasm). Porshenь tsilindrda o’ngga va chapga krivoship mexanizmi yordamida qaytar-ilgarilanma 
harakat qiladi. Porshenь tsilindrning ichki devoriga zich qilib o’rnatiladi va tsilindr bo’shlig’ini ikki 
qismga bo’lib turadi. 
14.4-rasm. 
Porshenь chapdan o’ngga tomon ilgarilanma harakat qilganida so’rish klapani ochilib tsilindr 
gazga to’ladi, orqaga qaytganida esa tsilindrdagi gazning siqilishi natijasida bosim orta borib, uzatilish 
chizig’idagi bosimga teng bo’lganda, uzatuvchi klapan ochilib gaz uzatila boshlaydi. Gaz siqilganda 
uning temperaturasi ko’tariladi, qizigan gaz yog’lab turuvchi moyni kuydirib yubormasligi uchun 
tsilindrning devori uzluksiz suv bilan sovitib turiladi. 
Bir bosqichli kompressorning unumdorligi kam bo’lganligi uchun ikki tomonlama 
harakatlanuvchi porshenli kompressorlar ko’p ishlatiladi. Bu kompressorlarda tsilindrdagi gaz 
porshening ikkala qismida (chap va o’ng) siqiladi; ularda ikkita so’rish va ikkita uzatish klapani bor 
(14.5-rasm). Porshenь krivoship-shatunli mexanizm yordamida ilgarilanma harakat qiladi. Val bir 
marta aylanganida tsilindrga gaz ikki marta suriladi va ikki marta uzatiladi.Kompressorning 
unumdorligi bir tomonlama ishlaydigan kompressorlarnikiga qaraganda deyarli ikki marta ko’p. 
Bir bosqichli kompressorlarning unumdorligini oshirish hamda gazlarning siqilish darajasi 0,4...0,6 
MPa bo’lishi uchun ko’p tsilindrli bir va ikki tomonlama siqadigan kompressorlar ishlatiladi. Bu 
kompressorda gaz birinchi tsilindrdan keyingi tsilindrga o’tgani sari bosimi ko’tarilib boradi. 
Kompressorlarning porsheni umumiy bir ish valiga o’rnatilgan. Gazning siqilishi natijasida uning 
temperaturasi bir tsilindrdan ikkinchi
tsilindrga o’tganida 
14.5-rasm. Ikki tomonlama harakatlanuvchi bir tsilindrli kompressor. 


ortib boradi. SHu sababli ikkita tsilindr orasiga sovitkichlar o’rnatiladi. Bu kompressorlarda porshenlar 
parallel ishlaydi va tsilindr ketma-ket yoki parallel bitta o’qqa o’rnatiladi. 
Gaz T
1
temperatura bilan r
1
bosimda so’rish Quvursi orqali birinchi tsilindrga kirib, porshenь 
yordamida r
2
bosimgacha siqiladi, o’rtadagi sovitkichda sovitilgan gaz ikkinchi tsilindrga kirib,
porshenь yordamida r
2
yoki kerakli bosimgacha siqiladi va uzatish klapani orqali uzatiladi. 
Porshenli kompressorlarning ishlashini tekshirib turish hamda porshenь bir marta aylanganda 
gazlarning so’rilish va uzatilish vaqtidagi bosim bilan hajmining o’zaro bog’lanishi indikator 
diagrammasida kayd qilinadi. Ideal kompressorning ishlashini xuddi porshenli nasosni ishlash indikator 
diagrammasi (14.2-rasm) dagidek ifodalash mumkin.
Gazlar bir bosqichli ideal kompressorda siqilganida protsess ning nazariy xarakteristikasi-bosim 
bilan hajmning bog’lanishi indikator digrammasi abcd yuza bilan tasvirlanadi; ab-so’rish jarayoni; bc
siqish jarayoni; cd-haydash jarayoni. 
Nazariy jarayonda kompressorlarning porsheni chap chekka holatida tsilindr qopqog’iga taqalib 
kelib, qoldiq hajm hosil qilmaydi. qoldiq hajm bo’lmagani uchun gaz uzatilgandan so’ng, shu 
vaqtdayoq gaz so’riladi (b,d nuqtalar). Real kompressorlarda biror holatni egallagan porshenь bilan 
tsilindr qopqog’i orasida doimo muayyan hajm qoladi va u qoldiq hajm deyiladi. qoldiq hajm tsilindr 
hajmining 3-5% ini tashkil qiladi va u ortishi bilan kompressorning unumi pasayadi. Gaz uzatilgandan 
keyin u yana so’rilishi uchun va qoldiq hajmda qolgan gazning bosim so’rish vaqtidagi siqilmagan 
gazning teng bo’lishi uchun u kengayishi kerak. Diagrammada qoldiq hajmning miqdori V
k
bilan 
ifodalangan.
Porshenь tsilindrda chapdan o’ngga harakat qilganida qoldiq hajmdagi gaz kengayadi, uning 
hajmi kattalashib bosimi so’rish vaqtidagi bosimga nisbatan kamroq bo’lguncha pasayadi, bu protsess 
grafikda ad chiziq bilan tasvirlangan: nuqtada bosimlar farqi borligi tufayli so’rish klapani ochilib 
gaz tsilindrga kira boshlaydi, porshenь tsilindrning o’ng tomonining oxiriga borguncha ab chiziqda 
so’rish protsessi ketadi. Porshenь tsilindrning o’ng tomonidan chapga harakat qilganda so’rish klapani 
yopilib gaz politropik protsessda siqiladi, bu protsess diagrammada bc chiziq orqali tasvirlangan. 
Bunda gazning bosimi uzatish Quvursdagi bosimga nisbatan yuqori bo’lganligi uchun uzatish klapani 
ochiladi (s nuqta). Uzatish protsessi cd  chiziq bilan ifodalangan. 
Xuddi shuningdek, diagrammada punktir chiziq bilan gazlarni siqishdagi nazariy izotermik 
protsess bc’ chiziq va adiabatik protsess bc’’ chiziq bilan tasvirlangan. 
Gazlar siqilganda bajarilgan ishning qiymati shu diagrammada tasvirlangan protsesslarning 
yuzasi bilan o’lchanadi. Gazlar izotermik protsessda siqilganda eng kam, adiabatik protsessda 
siqilganda esa eng ko’p ish bajarilishi diagrammadan ko’rinib turibdi. Demak, bu diagramma orqali 
kompressorlarning ish unumdorligini ham aniqlash mumkin. 
Porshenli kompressorlarning unumdorligi vaqt birligi ichida uzatilgan gaz hajmiga teng: 
 
V
c
 = 

 V

 
bu yerda V
p 
-so’rilayotgan gazning hajmi. Bu hajm kesmaga proportsional bo’lib, ish tsilindr 
hajmining ulushiga teng; 

-uzatish koeffitsienti, kompressorning ish unumdorligidagi barcha sarflarni 
hisobga oladi: 

 = 

0
 

 


 

 


- qoldiq hajmdagi gazning kengayishi natijasida tsilindr foydali hajmning kamayishini 
hisobga oluvchi koeffitsient; 

 
r
- uzatilayotgan gazning zich yopilmagan porshenь klapanlari va salьniklari orqali 
sarflanishidagi unumdorlikning kamayishini hisobga oluvchi geometrik koeffitsient; 

 

- termik koeffitsient, surilayotgan gazning tsilindrning issiq devorlariga tegishi natijasida va 
qoldiq hajmdagi issiq gaz bilan aralashib kengayishi hisobiga unumdorlikning kamayishini 
ko’rsatadi. 


Porshenli kompressorlar orqali foydali ish koeffitsientiga ega bo’lib, ular yordamida gazlarni 
keng intervalda 100 MPa bosimgacha siqish mumkin. 
Gazlarning bir me’yorda uzatilmasligi, unumdorligining pastligi va klapanlarning ko’pligi 
porshenli kompressorlarning kamchiligidir. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling