Portlandsement yaratilish tarixi. Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi


Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi


Download 84.8 Kb.
bet2/6
Sana12.02.2023
Hajmi84.8 Kb.
#1190473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-маруза-лотин

2. Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi.
Xo‘sh, shunday ekan portlandsementning o‘zi nima? Qaysi moddalar
asosida va qanday yo‘llar bilan olingan va olinadi? degan savollar kitobxonda tug‘ilishi muqarrar.
Portlandsement ta’rifi. Sement deganda, avvalo suv yoxud biror suyuqlik bilan qorishtirilgan plastik ishlov beriladigan bo‘tqa hosil qiluvchi va vaqt o‘tishi bilan qotib toshsimon jinsga aylanuvchi mineral poroshogi tushiniladi. Kimyoviy nuqtai nazaridan qaraganda esa har xil tarkibli kation va anionlardan tashkil topgan va suyuq jinslardagi proton hamda gidroksil gruppalari bilan birikkan qattiq anorganik moddani sement deb ataladi. Uning suv hamda to‘ldiruvchi inert modda bilan hosil qilgan sun’iy aralashmasi beton, temir moddasi ishtirok etgan aralashmasi esa temir-beton nomi bilan mashhur.
Xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarishda ohaktosh va tuproq asosiy xom ashyo xisoblanadi. Ularning portlandsement aralashmasidagi o‘zaro miqdori SaO 64-67, SiO2 21-25, Al2O3 4-8 va Fe2O3 2-4% ni berishi zarur. Xom ashyoda oz miqdorda MgO, SO3, TiO2, MnO2 , P2O5, Na2O va K2O lar bo‘lishi mumkin.
Portlandsement olish uchun qo‘llaniladigan xom ashyolar quyidagi modul va to‘yinish koeffitsientlarini berishlari zarur.
Gidravlik moduli m= % CaO / % (SiO2 + Al2O3 + Fe2O3)= 1,9-2,4.
Silikat moduli n= %SiO2 / % (Al2O3 + Fe2O3)= 1,7-3,5.
Glinozyom moduli r=% Al2O3 / % Fe2O3 = 1-3.
KN = CaO - 1,65 Al2O3 - 0,35 Fe2O3 / 2,8 SiO2= 0,85-0,91.
YUqorida keltirilgan kimyoviy tarkib va modullar yuqori haroratda quyida formulasi keltirilgan minerallarni xosil qilinishini ta’min-laydi:
3SaO SiO2 (alit) - 42-60 %;
2CaO SiO2 (belit) - 15-35%;
3 SaO Al2O3 (uch kalsiyli alyuminat) - 5-14%;
4 SaO Al2O3 Fe2O3 (turt kalsiyli alyumoferrit) - 10-16%.

Download 84.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling