Portlandsement yaratilish tarixi. Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 84.8 Kb.
|
10-маруза-лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ebekistonda portlandsement va uning asosidagi maxsus sementlarni ishlab chiqarilishi. 1§. Portlandsement yaratilish tarixi.
Ma’ruza №10 Portlandsement yaratilish tarixi, ta’rifi va xom ashyosi Reja: Portlandsement yaratilish tarixi. Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi. Portlandsement xossa-xususiyatlari va ishlatilishi. O‘ebekistonda portlandsement va uning asosidagi maxsus sementlarni ishlab chiqarilishi. 1§. Portlandsement yaratilish tarixi. Dunyoda g‘isht va shishadan tashqari, yana bir qancha birikmalar bor. Ularsiz hozirgi hayotni, texnika taraqqiyoti va samaradorligini, halqning turmush darajasini yaxshilashni hech tasavvur etib bo‘lmaydi. Ana shunday birikmalar qatoriga qurilish industriyasining non va tuzi bo‘lmish sement kiradi. Mamlakatimizda bu mahsulotni ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakat ekonomikasini yanada yuksaltirish hamda mehnatkashlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirishning ulug‘vor istiqbollarini amalga oshirishda sement katta ahamiyatga ega. Sement elektroenergetika sohasining elektr energiya ishlab chiqarishni ta’minlovchi yirik gidrouzellari, neft sanoati qon quduqlari, gaz sanoati quvurlari, ko‘mir va slanets sanoati korxonalarining mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitni ta’minlaydigan vositalari, metallurgiya va kimyo sanoatining pechlari, mashinasozlik sanoati uskuna va asboblarining ish unumi va muallaqligini belgilovchi asoslari, stanoksozlik va instrumentlar sanoatining tabiiy qattiq material va qotishmalar ishlatiladigan qirquvchi va ko‘makchi instrumentlarini tayyorlash va qurishda arzon xom ashyodir. Erni sug‘orish, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash, kemachilik va baliq ovlashni rivojlantirish, suv toshqinining oldini olish vazifasini kompleks ravishda hal etishga imkon beradigan yirik inshootlar - suv havzalari va to‘g‘onlar sementdan quriladi. Davlat kolxoz va xo‘jaliklararo chorvachilik komplekslari, mexanizatsiyalashtirilgan ferma va parrandachilik fabrikalari, temiryo‘l va avtomobiltransport magistral yo‘llari, aholi punktlari, uy-joy rayonlari, sanoat komplekslarini qurishda sement juda qo‘l keladi (41- rasm). Sement korxonalarining mahsuli - klinker nomi bilan ataluvchi sun’iy tosh shisha va g‘isht kabi qurilish materiallari gruppasiga kiradi. Holbuki, u XIX asrning boshlarida yaratilganidan nisbatan yosh mahsulotdir. Inson betonni qadimdan sun’iy qurilish materiali sifatida ishlatgan. O‘sha davrda kishilar tuproqni qorayotganda unga somon, o‘t-o‘lanmalar qo‘shib, quyosh nirida qurib mustahkamligi tabiiy tosh mustah-kamligiga bir oz bo‘lsa-da yaqin bo‘lgan sun’iy tosh olganlar. SHu tariqa hozirgi zamon sement betonining eng ibtidoiy va sodda turi tuproq-betonining yaratilishiga asos solingan. Bunday beton qadimga uy-joy, qal’a, to‘siq, devor qurish uchun ishlatilgan. Tuproq-beton va g‘ishtdan yasalgan ulkan er ustki inshootlari qatoriga Osiyo qit’asida qad ko‘targan Ulug‘ Xitoy devori ham kiradi. Qadimdan bog‘lovchi modda sifatida tuproq-beton bilan bir qatorda gips, oxak va ular asosida olingan betonlar ham ishlatilgan. 140-190o haroratda qizdirib olingan qurilish gipsdan (alebastr) Misrda eramiz-dan 2000-3000 yil ilgari piramidalar qurilishida foydalangan eramiz-dan taxminan 2600 yil ilgari Misrda boshlangan. I-II asrlarda esa u qa-dimgi Rimda keng qo‘llanilgan. Bog‘lovchilar asosida g‘ishtdan qurilgan inshootlarga Kievda qurilgan “Desyatinnaya cherkovi” va 1045 yili Novgorodda qurilgan “Sofiya ibodatxonasi” kiradi. Ammo tuproq, gips, ohak bog‘lovchi moddalar sifatida ishlatilganda undan qurilgan inshootlar ko‘pga chidamagan. Tuproq-beton suv ta’sirida shishalar va nurar, gips, ohak-betonlar esa namlanish natijasida uvalanar edi. SHuning uchun asrlar davomida insoniyat bunday moddalar o‘rniga boshqa mustahkam va namga chidamliroq bog‘lovchilar yaratish ustida ishlanishlar olib bordilar. Rimlik tarixchi Vitruviyaning qayd etishicha, olib borilgan izlanishlar natijasida ohak bilan g‘ovak vulqon jinsini aralashtirish natijasida suvga chidamli massa olindi. Betonning suvga chidamliligi Neapol shahri yaqinidagi Putssuolidan qazib olingan qo‘shimchaga bog‘liq edi. SHuning uchun bu bog‘lovchi putssuolan nomi bilan atalib, to‘g‘on, ko‘prik va akveduklarning qurilishida keng qo‘llangan. Keyinchalik kishilar ohaktoshga pishiq g‘isht uni, vulqon jinslari kuli, engil tog‘ jinslari - diatomit, trepel, pemza, tuf, trass kabi moddalarni qo‘shish foydali ekanligini aniqladilar. XVIII asr boshlariga kelib, rus quruvchilari kuydirilayotgan ohak-toshga tuproq qo‘shilganda ohakning suvda qotishi va mustahkamlanishi tezlanishini aniqladilar. Suvga chidamli bunday gidravlik bog‘lovchilar avval siment, so‘ngra sement nomi bilan atala boshlagan. XVIII asr oxi-rida esa angliyalik Parker kuydirilgan tuproq “pochka” lari suvda so‘n-masligi, ammo maydalangan tez so‘nishi va qotishi mumkinligini aniqla-di. SHu tariqa yangi bog‘lovchi - romansement bunyodga keldi. Bir oz vaqt o‘tgach, fransuz olimi Vika ushbu tuproq, “peska”lari aslida mergel nomli tog‘ jinsi bo‘lib, ohak bilan tuproq aralashmasidan iborat ekan-ligi va sement olish uchun tabiatning tayyor bebaho aralashmasi ekanli-gini topdi. Rus olimi V.M. Severegin esa bu yangi bog‘lovchini olish usu-li va xossalarini mukammal o‘rganib chiqdi. XIX asr o‘rtalarigacha ingliz-fransuz-rus olimlari ishtirokida yaratilgan va takomillashti-rilgan romansementi dunyoda asosiy sement bo‘lib, hukmronlik qildi. YAngi portlandsement nomli mineral bog‘lovchining yaratilishigina revo-lyusiya qildi, beton va temir-beton davrining yangi tengsiz sahifasini ochdi. XIX asr boshlarida (1817-1825 yillar) Moskvada takomillash-tirilgan gidravlik bog‘lovchi olish yo‘lida ishlayotgan rus harbiy injeneri Egor CHeliev ohak va tuproq aralashmasini 1200-1300o va undan yuqori haroratda qizdirilganda toshsimon pishgan bo‘laklar hosil qilishi, maydalangan holda esa ular yuqori gidravlik va mexanik xossalarga ega ekanligini aniqladi va shu tariqa hozirgi zamon sementining yaratili-shiga asos soldi. Bu sement Rossiyada ko‘plab ishlab chiqarilib, 1812 yilgi jaxon urushi xarobalarini tiklash uchun ishlatiladi. Xuddi shu vaqtda lidslik tosh teruvchi D. Aspdin ham shunday sementni yaratdi va 1824 yili uni tayyorlash usuliga patent oldi. Angliyalik quruvchi olgan bog‘lovchi bo‘lakchalari Portlend shahridan qazib olingan tabiiy toshlarga o‘xshashligi sababli portlandsement nomi bilan atala boshlandi. Download 84.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling